1. Ajdod: Xitridiomitsetsimonlar – Shytridiomysetes Turkum Olpidium – Olpidium Tur. Karam olpidiumi – O. brassisae II Ajdod : Gifoxitridiomitsetsimonlar – Hyphoshytriomysetes III Ajdod: Oomitsetsimonlar – Oomysetes Qabila: Peronosporanamolar – Peronosporales Turkum: Fitoftora – Phytophtora Tur: Kartoshka fitoftorasi – Phytophtora infestans IV Ajdod: Zigomitsetsimonlar – Zygomysetes Qabila: Mukornamolar - Musorales Turkum: Pupanak – Musor Tur. Oq po`panak – M. Musedo V Ajdod: Askomitsetsimonlar – Assomysetes K-aj. YAlang`och xaltachakabilar – Hemiassomysetidae 1 Qabila: Endomitsetsimonlar – Endomysetales Turkum: Achitqi – Sasharomyses Tur: Non achitqisi – S.serevisiae 2 Qabila: Tafrinamolar – Taphrinales Turkum: Tafrina- Taphrina Tur: Tafrina – T. deformans II. k/ ajdod. Haqiqiy mevatanakabilar – Euassomysetiadae 1. Qabila: Evrotsiyanamolar- Eurotiales Turkum: Aspergill –Aspergillus Tukrkum: Penitsill – Penisillium 2. Qabila: Un-shudringmanolar – Erisiphales 1. Turkum Erizife – Erisiphe Tur: Boshoqlilar erizifesi – E. graminis Turkum: Sferoteka – Sphaerothesa Turkum: Mikrosfera – Misrophaera Turkum: Untsinula – Unsinula Turkum: Fillantsiniya – Phyllastinia 3. Qabila: Shox-kuyanamolar – Slavisipitales Turkum: Shox-kuya – Slaviseps Tur: Shox-kuya – Sl. Purpurea VI. Ajdod: Bazidiomitsetsimonlar – Basidiomysetes k/ajdod: Teleobazidionamolar – Teleobasidiomysetidae Qabila: Qora kuya – Ustilago 1. Turkum: Tosh qora kuya – Tilletia Tur: Bug`doyning toshщ qora kuyasi – T.tritisi 2. Turkum: Chang qora kuya – Ustilago Tur : Bug`doy chang qora kuyasi – U.tritisi Qabila: Zangnamolar – Uredinales Turkum: Puktsiniya – Pussinia Tur: CHiziqli zang zamburug`i – P.graminis VII. Ajdod: Deyteromitsetsimonlar – Deuteromysetes
14-rasm. Meva tana tiplari
1-Kleytotetsiy, 2-Perititsiy, 3- Apotetsiy
7-Amaliy mashg ‘ulot Mavzu: Oomisetsimonlar va zigomisetsimonlar sinfi.
Darsning maqsadi: fitoftora va mog`or zamburug`larini sistematik o`rni, tuzilishi va ko`payish xususiyatlarini o`rganish.
Ko`rgazmali qurol va jihozlar: kartoshka fitoftorasining gerbariy materiallari va mog`or zamburug`ining tirik materiali, preparoval ignalari, buyum va qoplagich oynalari, mikroskop, jadval, kitoblar.
ISHNING BAJARILISHI
Klassifikatsiyasi bilan tanishish.
Bo`lim: Zamburug`toifalar – Mysota Ajdod: Oomitsetsimonlar - Oomysetes Qabila: Peronosporanamolar - Peronosporales Turkum: Fitoftora - Phytoptora Tur: Kartoshka fitoftorasi – Ph. infestans Ajdod: Zigomitsetsimonlar- Zygomysetes Qabila: Mog`ornamolar-Musorales Turkum: Mog`or-Musor Tur: Ochiq po`panak – M. musedo - Mog`or zamburug`i
2. Fitoftora kartoshkaning bargi va tuganaklariga zarar keltiruvchi parazit zamburug`. Lupa orqali kartoshkaning fitoftora bilan zararlangan barglari qo`ng`ir rangda ko`rinadi. Bargning ostida qo`ng`ir rangli qismlari va sog`lom qismlari o`rtasida gifalardan iborat oq chiziq bo`lishiga e`tibor bering.
Nam ob-havo sharoitida konidiyalar zoosporalarga aylanadi va ulardan ikki xivchinli zoosporalar etiladi. Ular sog` barglarga tushib, rivojlanadi va ularni ham zararlantiradi. Preparatda fitoftorani gifalari hujayraaro bo`shliqlarda o`sib va gaustoriya (so`rg`ichlar)lari hujayraning ichida joylashganligini ko`rish mumkin.
15-rasm. Kartoshka fitoftorasi
1-Zamburug` bilan zararlangan kartoshka bargi, 2-zararlangan kartoshka tugunagi, 3-konidiy va uning ichidagi zoosporalarni o`sishi, 4- zoosporalar, 5-zoosporalarni o`sishi, 6-konidiy, 7- konidiylarni o`sishi.
Oq po`panakning (Musor musedo) – nonda, sabzavotlarda go`ngda va boshqa organik substratlarda bo`ladigan mitseliysi saprofitdir. Sporangiosporali mitseliyni bir bo`lagini predmet oynachasidagi tomchi suvga joylashtirib, qoplagich oynacha bilan asta qoplanadi, chunki sporangiylar zararlanmaslik kerak.
Mikroskopning kichik ob`ektivida mitseliy ko`rilganda, u ingichka va yo`g`on gifalardan iboratligi ko`rinadi. Ayrim joylarda bandli sporangiylar bor. Ko`p sporangiylar yorilib, bir hujayrali qo`llab sporalar preparatda aniq ko`rinadi. Sporangiylar o`sishining har xil fazalarda turlicha kattalikda va turli rangda bo`ladi maydalari rangsiz, yiriklari qora rangda, sporangiylarning shakli esa sharsimonligiga e`tiborni qarating. YOrilgan sporangiylarda gifaning oxiri burtib chiqqach, undan sporangiy – kolonka ajraladi. Uni atrofida qolgan sporalar joylashadi. Havoda mog`orning juda ko`p sporalari bo`ladi. Namlangan organik substratga tushsa, unib chiqadi.
Katta ob`ektivda mitseliylar gifalari to`siqsiz ya`ni bo`linmaganligini ko`rish mumkin. Gifalar hujayrasi protoplastida tsitoplazma, ko`p sochli mayda yadrolar va vakuollar mavjud.
Jinsiy ko`payishi - zigogamiya bo`lib, uni doimiy preparatda ko`rish mumkin. Ikkita har xil fiziologik (geterotallik) mitseliylarning gifalari plyus (+) va minus (-) belgilari bilan ifodalanadi. Ular bir biriga qarab o`sadi. Ularning uchi qalinlashib, bir biriga yaqinlashadi, uchrashgan gifalarni devorlari erib, ichki qismi qo`shilib ketadi. Hosil bo`lgan diploid yadroli zigota (zigospora) qalin qora qobiq bilan uraladi. Tinim davridan so`ng meyoz yo`li bilan bo`linib, unib chiqadi. Sporangiy murtak gifalar hosil qiladi va ulardan + va – belgili gaploid sporalar etiladi.
Mog`or zamburug`i zigotasini doimiy preparati mikroskopda ko`rganimizda uning ustki qismi g`adir budirligi ko`rinadi.
Lupa va mikroskopda ko`rilganlarni barchasi al`bomga chizib olinadi.
16- rasm. Mog`or zamburug`i
A. mitseliy va undan o`sib chiqqan sporangiylar, V. Sporangiyda joylashgan sporalar. V. Mog`or zamburug`ining jinsiy ko`payishi tsikli.