Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Palmanamolar qabilasi, oilalari vakillarining biologiyasi tarqalishi va ahamiyati



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə96/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Palmanamolar qabilasi, oilalari vakillarining biologiyasi tarqalishi va ahamiyati.

Palmanamolar qabila faqat Palmadoshlar oilasidangina tashkil topgan. Oila bir nechta oilachalarga bo`lib o`rganiladi.


Palmadoshlar oilasi - Arecaceae
Bu oilaga hozirgi vaqtda 240 ta turkum va 3400 ga yaqin tur kiradi. Palma o`simliklari asosan yer sharining tropik va suptropik mintaqalarida, ayniqsa janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida va janubiy Amerikaning tropik mintaqalarida keng tarqalgan. Palmalar o`zining ajoyib tashqi qiyofasi bilan tropik mamlakatlar uchun xarakterli bo`lgan manzara hosil qiluvchi va mahalliy aholi hayotida muhim rol o`ynaydigan o`simliklar hisoblanadi.
Oila vakillari asosan daraxt, ba`zan butasimon yoki ingichka liana shakldagi o`simliklar. Ularning ko`pchilik turlarining poyasi to`g`ri, ustunsimon, bir tekisda yo`g`onlashgan bo`ladi. Ustunsimon poyalari barg izlari va barg qini qoldiqlari bilan qoplangan. Barcha turlari qo`shimcha ildiz hosil qiladi. Ba`zi palmalarning ildizpoyasi bor. Piyozchalari bo`lmaydi. Barglari juda yirik, bandli va qinli bщladi. Barglari kurtakli vaqtida butun bo`ladi, keyinchalik patsimon yoki barmoqsimon holatga o`tadi. Barglari voyaga etgandan so`ng, patsimon yoki panjasimon shaklga aylanadi. Gullari mayda bir jinsli yoki ikki jinsli, aktinomorf, juda Shoxlanib ketgan.Bir jinsli gullari bir uyli, ba`zan ikki uyli (xurmo) bo`ladi. To`pgul Shoxlarida gullar boshoqdagidek yoki so`tadagidek joylashadi. To`pgullari barg qo`ltiqlaridan yoki kamdan kam holatlarda poya uchidan hosil bo`ladi. To`pgullari tanasini uchidan chiqadigan bo`lsa monokarp bo`ladi.
Gulqo`rg`oni oddiy, uning bargchalari, ko`pincha 6 ta, 3 ta dan 2 doira bo`lib joylashgan. Ba`zan qo`sh gulqo`rg`onli bo`lib, kosacha va tojbarglarga ajraladi. Changchilari 6 ta yoki 3 ta, ba`zilarida esa bir nechta bo`ladi. Urug`chisi ko`pincha 3 ta meva bargchadan hosil bo`lgan. Gullari nektar ajratadi. Nektari ba`zilarida xushbo`y bo`ladi. Hashorat yoki shamol yordamida changlanadi. Mevasi danakcha, xo`l meva yoki yong`oqchadir.
Gul formulasi: (ikki jinsli gullar uchun):
* ♀ ♂ P3+3 A6,9~G(3),3
Palmalar bargi juda katta bo`lishi bilan ajralib turadi. Dunyodagi eng yirik barg Amazonka rafiyasida bo`ladi. Barg bandining uzunligi 4-5metr ga, patsimon plastinkasining uzunligi 19 -22 metrga, eni 12 metrga etadi. Eng yirik to`pgul Talipot palmasi to`pgulining uzunligi 14 m, eni 12 metr bo`ladi.
Filogenetik jihatdan palmalar yaxshi o`rganilmagan. Ularning ajdodi poligam yoki ikki uyli gul chiqaradigan daraxtsimon piyozgulilardir balki. Palmalarnig odamlar hayotida tutgan o`rni juda katta. Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika mamlakatlari aholisi palmalardan turli maqsadlarda juda ko`p foydalanadilar. Masalan: Kakos palmasi (Cocos nucifera). Poyasi silliq, bo`yi 30 metrga etib boradi. Barglari patsimon, yovvoyi holda Tinch va Xind okeanlarinning qirg`oqlarida va orollarda o`sadi. Xurmo yoki finik palmasi (Phoenix dactylifera). Bu o`simlik Arabistonda, Eronda, kichik Osiyoda, SHimoliy Amerikaning janubiy qirg`oqlarida ko`plab ekiladi. Finik palmasining 1000 dan ortiq navlari ma`lum. Mevasi istemol qilinadi. Yagona urug`idan ovqatga ishlatiladigan moy olinadi. Mevasining mezokarp qismidan kakos tolalari olinadi. Bu tolalar buyra, cho`tka tayyorlashda ishlatiladi. Tanasida qirilish materiali sifatida ishlatiladi. Barglari tomlarni yopishda va barg tolalaridan arqon to`qishda foydalaniladi. Juda yosh barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Yosh to`pgullari kesilganda chiqqadigan shirasidan vino va sharbat tayyorlanadi.
Yog` palmasi (Elaeis guineensis). Bu o`simlik ko`plab Afrikada ekib o`stiriladi. Bu erdan tashqari Indoneziya va Gveniyada keng tarqalgan.
Ahamiyati: Palmalar keltiradigan foydasi jihatidan tropik mamlakatlarning eng qimmatbaxo o`simliklaridan hisoblanadi. Kokos palmasining mevasidan ovqatga ishlatiladigan yog` olinadi. Danagining po`chog`idan har xil tugmachalar tayyorlanadi. Poyasi bargi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Finik palmasi mevasi tarkibida 70% qand va oqsil bo`lib, ovqat sifatida iste`mol qilinadi. YOg` palmasi mevasidan «Palma yog`i» deb ataluvchi yog` olinadi. U ovqatga va texnikada ishlatiladi. Palmalarning ko`p turlari manzarali o`simlik sifatida ekib o`stiriladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin