Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə77/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Qrim qarag`ayi (Pinus pablasiana) . Bu daraxt Buhoro sharoitida juda moslashib 40 yildan ziyod vaqt orasida o`smoqda. Qrim qarag`ayi 100 yoshgacha yashashi mumkin. Uning yosh davridagi kroni konusini shaklda bo`lib keyinchalik gorizontal o`suvchi yon Shoxlari xisobidan kroni kuchalasimon shaklga ega bo`ladi. Ildiz sistemasi kuchli taraqqiy etgan. Tuproqqa talabchan emas, toshloq, qumli, gilli qurg`oqchilikka chidamli. Tashqi ko`rinishi jihatidan juda manzarali bo`lganligi uchun uni ochiq joylarda yo`l bo`ylarida ko`plab o`stirish mumkin.
Buhoro sharoitida 1000 yildan boshlab tikanli el daraxti o`stirilmoqda. Bu daraxtning kumushrang, moviy va kul rang formalari mavjud. Uning keng konussimon kroni moviy rangli ignasimon barglari ajoyib manzara beradi. Barglari novdalarida g`uj bo`lib joylashgan. Asli vatani Shimoliy Amerika. U erlarda 1000-3000 metr balandlikdagi tog`larda o`sadi.
Biroq Buhoro sharoitida yer osti suvlari yaxshi bo`lganligi sababli o`sishi biroz sust borishi kuzatilmoqda. Bu tur biroz yorug`liqqa chidamsiz, Shuning uchun uni keng bargli daraxtlar oralig`ida ko`paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu tur Buhoro iqlim sharoitida juda ko`p o`stirilmoqda.
5. Sarvnamolar qabilasi. Sarvdoshlar (Archadoshlar) oilasi - (Cypressaceas)
Oilaga 19 ta turkum 130 ga yaqin tur kiradi. Ular har ikkala yarim sharda ham tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli daraxt va butalar bo`lib, ularda smola yo`llari bo`lmaydi. Barglari ninasimon yoki tangasimon, novdada qarama-qarshi yoki halqasimon o`rnashgan. Erkaklik (changchi) qubbalari yakka holda bo`lib, mikrosporafillari qalqonsimon, mikrosporangiylari 2-6 ta. Erkaklik gametofiti reduksiyalangan. Urg`ochi (urug`chi) qubbasida qoplagich tangacha, barg va urug` tangachasi qo`shilib, o`sib bittaga aylangan, qoplag`ich tangacha bargi yog`ochlangan yoki Yumshoq etli (archalar)dir. Bu oilaga turkumlari orasidan uchtasi : archa (Junipyerus), sarv (Cupressus) va tuya (Thuja) turkumlari katta ahamiyatga ega.
Sarv (Kiparis) - (Cupressus) - 15-20 ta turga ega. Ular O`rta Yer dengizi atrofida Himolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari O`zbekistonda ham manzarali o`simlik sifatida o`stirilmoqda. Bularning piramidasimon sarvi (S. sempyervirens) degan turi ayniqsa ko`p tarqalgan. Bu tur Eron va Suriyadan kelib chiqqan va qadimdan buyon Qrimda hamda Kavkazning Qora dengiz qirg`oqlarida manzarali o`simlik sifatida o`stirib kelinmoqda. O`zbekistonda piramidasimon sarvi Samarqandda uchraydi.
Tuya (Thuja) turkumi qalin Shox – shabbali, bir uyli daraxt va butalardan iborat bo`lib, 6 turga ega. Shulardan g`arb tuyasi (Thuja occidentalis) asosan Xitoyda tarqalgan. Manbalarda ko`rsatilishicha Sharq tuyasi-sarv O`rta Osiyoda muqaddas daraxt sifatida o`stirilgan. Barglari tangachasimon, novdalari esa bir oz yalpoq bo`ladi.
Archa (Junipyerus) turkumiga 14 ta tur kiradi. Shundan 3 ta turi: Zarafshon archasi (J. zyeravschanica), yarim sharsimon (J. semiglobosa) va Turkiston archasi (J. turcestanica) O`zbekistonning tog`li hududlarda tarqalgan. Bundan tashqari Virgin archasi (J. virginia) manzarali o`simlik sifatida respublikamiz shaharlarida o`stirilmoqda. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o`simlikdir. Ularda erkaklik(changchi) qubbalari kichik bo`lib, mikrosporafillarida 2-6 ta mikrosporangiyalar hosil bo`ladi. Ularning yerkaklik qubbalari 1 yil daraxtda qishlab, ikkinchi yilning bahorida pishib etiladi.
Bu turkumga bir yoki ikki uyli, doim Yashil daraxt va butalardan iborat o`simliklar kiradi. Bargi tangachasimon yoki ninasimon tikan shaklida bo`lib, qarama – qarshi yoki doira bo`ylab joylashgan. G`uddalari rezavor mevaga o`xshaydi yoki bir oz cho`ziq, yopiq bo`ladi. Ichida 1 -10 ta urug`i bo`lib, ikkinchi yilda etiladi. Archaning xillari juda ko`p bo`lib, ular 60 dan ortiq turga bo`linadi. Ular Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan.Sobiq soyuzning o`rmonlar zonasida archaning yovvoyi holda o`sadigan 20 ga yaqin turi ma`lum (Uzoq Sharq bundan mustasno). Bular orasida eng ko`p tarqalgan oddiy archa (Junipyerus communis) bo`lib, u katta buta, ba`zan bo`yi 18 sm, diametri 30 sm chamasidagi daraxtdir. O`rta Osiyo tog`laridagi archazor o`rmonlar tog` yon bag`rlarini suv Yuvib ketishidan va tog` daryolarini yozda ko`rib qolishidan saqlashda juda katta rol` o`ynaydi. Hozirgi archa o`rmonlari va daraxtlari, ayrim siyrak archazorlar qadimgi katta – yaxlit o`rmonlar qoldig`idir. Bu o`rmonlar inson faoliyati natijasida shu holga tushib qolgan.
Urg`ochi (urug`chi) qubbalari qisqargan novdalarning qo`ltig`ida kuzda hosil bo`ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar etiladi. Urug`lanishdan keyin Yumshoq etli urg`ochi qubbalarda urug` hosil bo`ladi. Urug`i ko`pincha ikkinchi yili etiladi.
Archalar tog`lik tumanlarda erroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o`zida fitonsid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom ashyo, manzarali o`simliklar sifatida ham katta rol o`ynaydi.
Eng chiroyli va kelgusida respublikamizni ko`kalamzorlashtirish soxasida katta istiqbolga ega bo`lgan Virginiya archasi (Junipyerus virginiana)dir. U bir uyli o`simlik bo`lib, ba`zan ikki uylilari ham uchraydi. Bo`yi 15-30 m keladi. Ba`zi joylarda erga yaqin joylarda Shoxlaydi. Sobiq soyuzda bu archa Qrimda va Kavkazning janubiy qirg`oqlarida o`stiriladi. U O`zbekiston Fanlar Akademiyasining botanika bog`ida ham yahshi o`smoqda. Virginiya archasi va uning ayrim turlari juda chiroylidir. Bu archa yer tanlamaydigan daraxtlardan hisoblanadi. Uning yog`ochi engil va Yumshoq bo`lib, asosan qalam, mebel`, va boshqa duradgorlik buyumlari yasashda ishlatiladi.
Igna barglilar. Bu sinfga 6 ta oila, 40 turkum, 450 tur kiradi.Bular hozirgi zamon iqlimiga ham moslashgan. Ignabarglilar sinfiga daraxtlar, qisman butalar kiradi. Bu sinfga kiruvchi o`simliklardan yer yuzida ko`p tarqalganlari: Sosna-qarag`ay, archa, pixta, kiparis, mojevel`nik va boshqalar. Igna barglilarning bargi qattiq, ensiz, ignasimon, ba`zan tangachasimon bo`lib, yosh Shoxchalarda spiral` yoki qarama-qarshi joylashgan. Igna barglilarning barglari ko`pchiligi ignasimon bo`lgani uchun ularga Shunday nom berilgan. Igna barglilar asosan monopodial`, qisman simpodial` tipda Shoxlanadi. Mas: Mamont daraxti simpodial` tipda Shoxlangan bo`ladi. Bu daraxt yer yuzida uchraydigan daraxtlarning eng kattasidir. Uning bo`yi 150 m, eni esa 40 m bo`lib u uzoq yil yashaydi.
Igna bargli o`simliklarning ildizida ildiz qini bo`lmaydi. Ildiz qini o`rnida ektotrof mikorizalar bo`ladi. Igna barglilar jonsiz va jinsli yo`lda ko`payadi. Igna barglilarga vakil qilib oddiy qarag`ay-sosna obiknovennayani olamiz. Oddiy qarag`ay 1 uyli doim Yashil 2 jinsli o`simlik bo`lib, yer yuzida juda ko`p tarqalgan. Qarag`ay daraxti-ning bo`yi 40-50 m bo`lib, u 500 y-gacha yashaydi. Qarag`ay daraxtining poyasida va bargida smola yo`llari bo`lib, unda smola ishlanib chiqadi. Shuning uchun ham poyasini binokorlikda ko`p ishlatiladi. Qarag`ay poyasi uzoq muddatgacha chirimaydi. Qarag`ayning otalik va onalik gullari g`uddalarda joylashgan bo`ladi. Bu g`uddalar to`rini o`zgartirgan barglardan tashkil topgan. Otalik guli-mikrosporalistik, onalik guli esa makrosporalistik deb ataladi. Otalik gulining pastki tomonida changdon/mikrosporangiyalar taraqqiy etadi. Mikrosporangiya hujayralari reduksion bo`linishi natijasida mikrosporalar, ya`ni changlar hosil bo`ladi. Chang 2 qavat po`sti bilan qoplangan.
1.Ekzina-tashqi qavati 2.Intina-ichki qavati.
Qarag`ayni o`zi sporofit, changi, urug`kurtak arxegoniya-gametofit chang bilan tuxum hujayra qo`shilib ya`ni gametofit bilan gametofit diploid jinssiz gaploid nasl hosil bo`ladi. Ekzina bilan intina orasida bo`shliq bo`lib, u yer havo bilan to`lgan, Shuning uchun ham qarag`ay changi havoda uzoq muddat tura oladi. Changda 2 xil yadro bor: 1.Anteridial yadro 2.Vegetativ yadro
Onasi g`uddasi 2 xil turni o`zgartirgan barglardan tashkil topgan 1 -xili g`uddaning tashqi tomonida bo`lib, qoplag`ichlik vazifasini bajaradi. Buni "kroyushaya cheshuya" deyiladi. Bu barg urug` hosil qilmaydi. 2 xil bargi urug` beruvchi barg-semennaya cheshuya deyiladi. Urug` beruvchi bargni pastki tomonida 2 ta urug` kurtagi, ya`ni makrosporangiya joylashgan. Urug` kurtagi quyidagi qismlardan tashkil topgan.
1.Urug` kurtagining bandi-funikulus.2.Urug` kurtagining qoplog`ich to`qimasi-intugument 3.Urug` kurtagining asosiy to`qimasi-nusellus 4.Chang yo`li-mikropille
Urug` kurtagining markazida bola qopchig`i, endosperma xamda 2 ta arxegoniya korpuskula joylashgan. qarag`ay shamol yordamida changlanuvchi o`simlikka kiradi. qarag`ay changi shamol yordamida onalik g`uddasiga kelib tushdi. Onalik g`uddasidagi urug` kurtagining asosiy to`qimasi-nusellusga kirib, 1 yil dam oladi. 2-yili una boshlaydi.
Changning anteredial` yadrosi 2 ga bo`linadi. Natijada 2 xil yadro hosil bo`ladi: 1. Bazal yadro. 2. Generativ yadro.
Changning vegetativ yadrosi esa, chang trubkasiga aylanib ketadi. Anteredial` yadrodan hosil bo`lgan bazal` yadro chang trubkasining o`sishiga yordam beradi. Generativ yadro bo`linib, 2ta spermiya hosil qiladi. Spermiyalarning 1 tasi chang trubkasi orqali siljib kirib, arxegoniyalarning 1 tasini otalantiradi. 2 arxegoniya otalanmasdan qoladi. Otalangan arxegoniyadan embrion vujudga keladi. Onali g`uddasida otalanishi prosessidan oldin qizg`ish rangda bo`lib, otalangandan so`ng Yashil rangli bo`lib qoladi. Urug`i etilishi davrida qo`ng`ir rangga aylanadi. qarag`ayni otalanish prosessini rus olimi Gorojanin tekshirgan. qarag`ay poyasidan skipidar, bargidan smola olinadi. Skipidar bod kasalligida surtiladi. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin