Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Ginkgosimonlar (Ginkgoopsida) sinfi tavsifi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə73/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2. Ginkgosimonlar (Ginkgoopsida) sinfi tavsifi.
Bu sinfga o`tmishdan saqlanib kelayotgan bitta oila (ginkgodoshlar-Ginkgoaseae) ga mansub bitta monotip relikt tur (Ginkgo biloba) kiradi. Ginkgodoshlar oilasining 17 ga yaqin turkumlari vakillarining qazilma holdagi qoldiqlari topilgan. Ularning eng qadimgisi - sfenobayeralar bo`lib, ular perm davriga oid qoldiqlardan topilgan. Ginkgodoshlar bo`r davridan boshlab tabiatda kamayib borgan.
Tabiiy sharoitda ginkgo faqat sharqiy Hitoyning Tyanmu SHan tog`ida ozroq maydonda saqlanib qolgan. So`nggi paytlarda Xitoydan ginkgoning ikkinchi turi topilganligi haqidagi ma`lumotlar bor. Ginkgo so`zi yapon tilidan olingan bo`lib, «kumushrang o`rik» yoki «kumushrang meva» degan ma`noni anglatadi. Yaponiya, Xitoy, Koreyalarda bu muqaddas daraxt sifatida ziyoratgoh joylarda, parklarda o`stirilgan. 1730 yillarda u g`arbiy Evropaga keltiriladi.
1771 yilda K.Linney bu o`simlikga Ginkgo biloba deb ilmiy nom bergan. Ko`p mamlakatlarda shu jumladan O`zbekistonda ham 1920 yildan boshlab manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi.
Ginkgo biloba-balandligi 30 m dan oshadigan, qishda bargini to`kuvchi siyrak Shox-shabbali daraxt. Barglari oddiy uzun bandli, yelpig`ichsimon. Barg yaprog`i ikki bo`lakli. Ginkgoning igna bargli daraxtlardan farqi Shundaki, unda smola hosil bo`lmaydi.
Ginkgo - ikki uyli o`simlik. Qulay sharoitda ginkgo 20-30 yoshlarida urug` bera boshlaydi. Ginkgolarda yerkaklik (mikrostrobil) va urg`ochi (megastrobil) qubbalari qisqargan Shoxlarda joylashgan.
Erkaklik qubbalarining uchida mikrosporofillar spiral holda joylashgan. Mikrosporofillari qisqa bandli bo`lib, har bittasida ikkita, ba`zan 3-4 ta mikrosporagiya (changdonlar) joylashgan. Mikrosporangiylarda hosil bo`ladigan mikrosporalar(changlar) sagovniklarning mikrosporasiga o`xshash. Mikrosporaning o`sib, erkaklik gametofitga aylanishi mikrosporangiydan ajralib chiqmasdan avval, uning ichida boradi. Tayyor mikrospora bahorda urug` kurtakning chang kamerasiga tushgandan so`ng undan ikkita harakatchan spermatozoid hosil bo`ladi. Spermatozoid tuxum hujayrani urug`lantirgandan so`ng zigota, undan keyin urug` murtak hosil bo`ladi. Urug`larning intigumentidan urug` po`sti hosil bo`ladi. Urug` murtagining taraqqiyoti ko`pincha urug` erga to`kilgandan so`ng boradi. Bu jihatdan ginkgodoshlar ham sagovniklarning taraqqiyotiga o`hshab ketadi. Ginkgoning urug`ida tinim davri bo`lmaydi.
Gingkolar uzoq umr ko`ruvchi daraxtlardan hisoblanadi. Xitoy, Koreya va Yaponiyada 1000 yoshdan ortiq yashagan to`plari bor.
Ginkgo urug`i yordamida va qalamchasidan ko`payadi. Ginkgo havosi ifloslangan joylarda ham bemalol o`saveradi, kasalliklarga ham chidamli. Shuning uchun uni manzarali o`simlik sifatida o`stirish maqsadga muvofiq. Urug`ining tashqi Yumshoq etli qavati iste`mol qilinadi. Filogenetik jihatdan ular kordaitlarga ancha yaqin turadi.
Gingkgoales tartibi hozir Ginkgoaceae degan atigi bitta oilani o`z ichiga oladi, bu oilaning birdan-bir vakili ginkeo (Ginkgo biloba) dir.
G. biloba adl bo`ladigan daraxt bo`lib, balandligi 30-40 m ga, yo`g`onligi 3-4 m ga etadi. Poyasi 18 sm gacha boradi, masalan, Avstraliyada o`suvchi Macroramia Hopei ning poyasi Shuncha keladi. Ginkgo barglari juda g`alati: ular odatda ikki bo`lakka bo`lingan uchburchak plastinkadan iborat bo`lib, uzun bandga aylanadi; ba`zan plastika yahlit bo`ladi.
Ginkgo - ikki uyli o`simlikdir: uning mikro - va makro-sporangiylari har xil individda hosil bo`ladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin