Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Qarag`aysimonlar sinfi umumiy tavsifi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə74/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

3. Qarag`aysimonlar sinfi umumiy tavsifi. Qarag`aysimonlar (Pinopsida) sinfi vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Ularning Yer sharida 8 ta oila, 55 ta turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi. Sinf ikki sinfchaga: kordaitkabilar va qarag`aykabilarga bo`linadi. Kordaitlar asosan paleozoy yerasida o`sib, hozir qurib bitgan o`simliklar tartibidir. Tartibning eng yaxshi o`rganilgan vakili Cordates turkumidir. Tanasida serbar yog`och zonasi bilan o`ralgan, o`sha yog`och qismi tuzilishi jihatidan ninabarglilarning yog`och qismiga o`hshagan edi.
Ular bitta qabila (Kordaitnamolar - Cordaitales) va bittadan oiladan (Kordaitdoshlar-Cordaitaceae) ga bo`linadi. Kordaitlar yirik daraxtlar bo`lib, ularning balandligi 20 m dan to 30 m gacha etgan. Poyasida ikkilamchi ksilema ham yaxshi taraqqiy etgan. Poyasida ikkilamchi ksilema ham yaxshi taraqqiy etgan bo`lgan. Barglari bir necha sm dan to 1 m gacha uzunlikda va 1-2 sm kenglikda bo`lib, ular qalami, nashtarsimon, ellipssimon, teskari tuxumsimon shakllarga ega bo`lgan. Barglarning oralig`ida joylashgan qubbalarining uzunligi 30 sm gacha etgan. Keyingi ma`lumotlar urug`larida murtak izlari borligi aniqlangan. Strobillari bir jinsli bo`lgan. Kordaitlarga urug`li qirqquloqlardan kelib chiqqan deb qaraladi.
4. Qarag`aykabilar sinfchasini klassifikatsiyasi. Araukariyanamolar, qarag`aynamolar, kiparisnamolar, tissnamolar va podakarpusnamolar qabilalari.
Sinfcha 7 ta qabila, 7 ta oila va 55 ta turkumga mansub 560 dan ziyod turni birlashtiradi. Ilmiy manbalarda keltirilgan 7 qabiladan 2 tasi bizgacha etib kelmagan, qolgan 5 tasi quyidagilardan iborat:
1. Araukariyanamolar (Araucariales) - qabilasi 2 ta turkum, 35 ta turdan iborat. Ularga Janubiy yarim shardagi tropik hududlarda tarqalgan daraxtlar kiradi.
2.Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi.
3.Sarvnamolar (Cupressales) qabilasi
4.Tissanamolar (Taxales)-qabilasi doim Yashil va butalardan tashkil topgan. Qabila 2 ta oilaga mansub 20 ta turni o`z ichiga oladi. Ular asosan Shimoliy yarim shardagi issiq hududlarda tarqalgan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin