Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə170/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

27 - Amaliy mashg‘ulot


Qoqio`tdoshlar (Asteraceae) oilasi vakillari
tuzilishini o`rganish.


Kerakli jihozlar: kungaboqar, qoqio`t, sachratqi, bo`tako`z, kakra, sutcho`p, qarg`atirnoq turkumlarining gerbariy namunalari yoki tirik obyekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Asterales – Qoqio`tnamolar
Oila: Asteraceae – Qoqio`tdoshlar
Vakillari: Helianthus annus – kungaboqar, Taraxacum bicorne – qo`shShox qoqio`t, Cichorium intybus – zangori sachratqi, Centaurea depressa – ko`k bo`tako`z, Acroptilon repens – taxir kakra, Lactuca tatarica – tatar sutcho`pi, Koelpinia turanica – turon qarg`atirnog`i.

Qoqio`tdoshlar (Asteraceae) oilasi qoqio`tnamolar qabilasiga kiradigan eng yirik oilalardan biri bo`lib, ilgari murakkabguldoshlar (Compositae) deb nomlangan. Oilaning yer yuzida 1300 turkumga mansub 25000 turi uchraydi. O`zbekistonda 121 turkum, 566 turi o`sadi. Bu oilaga bir va ko`p yillik o`tlar, bazan buta, liana va daraxtlar kiradi.


Barglari oddiy, butun yoki qirqilgan, ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib joylashadi, yonbargchasiz. Gullari bir va ikki jinsli yoki jinssiz bo`ladi. Kosachabarglari metamorfozlashib tukchalar va qilchalar hosil qiladi. Bu tuklar meva va urug`larni tarqalishiga yordam beradi. Gultojbarglari qo`shilib o`sib naysimon, tilchasimon, soxta tilsimon va voronkasimon shakllarda bo`ladi. Gullari birlashib savatcha to`pgulni hosil qiladi. Gulqo`rg`on bo`laklarining tuzilishi, shakli, joylashishi har xil bo`lganligi va ularni savatchada joylashganligiga qarab bu oilaga murakkabguldoshlar deb nomlangan. Gullarining savatcha to`pgul hosil qilishi oilaga xos muhim belgidir. Savatchalar tashqi tomondan bir yoki bir necha qatorli, shakli, hajmi, qalinligi, tikanli yoki tikansiz bo`lishi bilan bir-biridan farq qiladigan o`rama bargchalar bilan o`ralgan. Savatchalar ellipssimon, konussimon, sharsimon, yarimsharsimon, tuxumsimon, kallakcha shakllarda bo`ladi va yirik maydaligi bilan farq qiladi. Eng yirik savatcha kungaboqarni savatchasi hisoblanadi.
Qoqio`tdoshlar oilasi gullarining tuzilishiga qarab ikkita tilchasimondoshchalar (Lactucoideae) va naychasimondoshchalar (Asteroideae) kichik oilachalariga bo`linadi. Birinchi oilacha vakillarining savatchalaridagi barcha gullari tilsimon, qiyshiq, ikki jinsli, gultoji 5 tishli. Unga qoqio`t, takasoqol, sachratqi, bo`ztikan kabi turkumlar kiradi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin