Ishning borishi
Oila vakillarining tuzilishi tanlab olingan o`simliklarning gerbariy yoki tirik obektlari asosida o`rganiladi. Bunda lola yoki boychechak turkumi turlari tanlab olinadi.
Dastlab tanlab olingan o`simlik morfologik tahlil qilinadi. Ularning tugunaklari yoki piyozchalari diqqat bilan o`rganiladi. Lupa yordamida piyozchalarining ustki qobig`i o`rganiladi, boshqa turlaridan farqi aniqlanadi. So`ngra barglariga ahamiyat beriladi va tahlil qilinadi.
Lolaning yirikroq gulining gerbariysi yoki tirik materiali tanlab olinib nina yordamida ochib ajratiladi va gulining changchilari, urug`chilari o`rganiladi. Gulining tuzilishiga qarab gul formulasi tuziladi va diagrammasi yoziladi.
Keltirilgan turkumlarning ayrim vakillari aniqlagich yordamida aniqlanadi va daftarga yozib boriladi. Oilaning o`ziga xos xususiyatlari tug`risida qisqacha malumot beriladi.
Savollar
1. Loladoshlar oilasi vakillarining o`ziga xos xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
2. Loladoshlar oilasiga mansub turlarning ildiz tizimini tuShuntirib bering?
3. Loladoshlar oilasi vakillarining guli va mevasi qanday tuzilgan?
4. Oila vakillaridan xalq xo`jaligidagi ahamiyatini ayting?
29- Amaliy mashg‘ulot
Piyozdoshlar (Alliaceae)) oilasi vakillari
tuzilishini o`rganish.
Kerakli jihozlar: piyoz turkumining gerbariy namunalari yoki tirik obyekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, ustara, pinset, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Amaryllidales – Nargisnamolar
Oila: Alliaceae – Piyozdoshlar
Vakillari: Allium cepa – osh piyoz, Allium borszczowii – borщov piyozi, Allium sabulosum – qum piyoz.
Er yuzida 32 turkumga mansub 750 ga yaqin tur, O`zbekistonda bir turkum 100 turi uchraydi. Piyozdoshlar oilasiga piyozli va ildizpoyali ko`p yillik o`t o`simliklar kiradi. Ko`pchilik turlari tarkibida efir moylari saqlaydi. Barglari yassi, tasmasimon, naysimon shishgan bo`ladi. To`pbarg hosil qiladi. Gulpoyasi bandsiz, Shoxlanmagan, uchida pardasimon ikkita gulyonbargchasining qo`shilishidan hosil bo`lgan qin bilan o`ralgan soyabonsimon to`pguli joylashgan. Gulqo`rg`oni oddiy, rangsiz yoki rangli, yulduzsimon. Gulqo`rg`on bargchalari qo`shilmagan yoki asosi biroz qo`shilgan bo`ladi. Gulqo`rg`oni va changchilari 6 ta, urug`chisi 1 ta, tugunchasi ustki, uch uyali. Mevasi ko`sakcha. Turkum vakillari dorivor va vitaminli o`simliklar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |