Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə173/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ishning borishi

Oila vakillarining tuzilishi tanlab olingan o`simliklarning gerbariy yoki tirik obektlari asosida o`rganiladi. Bunda osh piyoz va qum piyoz turlari tanlab olinadi.


Dastlab tanlab olingan o`simlik morfologik tahlil qilinadi. Ularning piyozboshi diqqat bilan o`rganiladi. Bunda piyozboshchalar ustara yordamida kesilib tekshiriladi, ulardagi farqlar va o`xshashliklar aniqlanib daftarga qayd etiladi. So`ngra barglariga ahamiyat beriladi va tahlil qilinadi.
Tanlangan o`simliklarning gulining gerbariysi yoki tirik materiali tanlab olinib nina yordamida ochib ajratiladi va gulining changchilari, urug`chilari o`rganiladi. Gulining tuzilishiga qarab gul formulasi tuziladi va diagrammasi chiziladi. Meva tipi aniqlanadi.
Oilaning boshqa 2-3 turi aniqlagich yordamida aniqlanib daftarga aniqlash ketma ketligi yozib qo`yiladi. Oilaning o`ziga xos xususiyatlari tug`risida qisqacha malumot beriladi. Loladoshlar oilasidan farqli jihatlari aytib o`tiladi.

Savollar

1. Piyozdoshlar oilasi vakillarining gulini tuzilishini tavsiflab bering?
2 Piyozdoshlar oilasiga mansub o`simliklar qanday hayot shakllardan tashkil topgan?
3. Piyozdoshlar oilasi vakillari gulini poyada joylashishi va tojibarglarining tuzilishini izohlang?
4. Oila vakillarining ahamiyati?
5. Dorivor turlari haqida nimalarni bilasiz?


30 - Amaliy mashg‘ulot
Bug`doydoshlar (Poaceae) oilasi vakillari
tuzilishini o`rganish.


Kerakli jihozlar: bug`doy, suli, ettibo`g`im, yaltirbosh, kurmak, g`umay, qo`noq, qamish, savag`ich turkumining gerbariy namunalari yoki tirik obyekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, pinset, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Poales – Bug`doynamolar
Oila: Poaceae – Bug`doydoshlar
Vakillari: Aegilops cylindrica – ettibo`g`im, qasmaldoq, Avena fatua – g`ovak suli, qorako`za, Triticum durum – kuzgi bug`doy, Zea mays – makkajo`xori, Bromus danthoniae – danton yaltirboshi, B. tectorum – cho`chqayol yaltirbosh, Echinochloa crus-galli – shamak kurmak, qora kurmak, Sorghum halepense – jonson g`umayi, Setaria viridis – Yashil qo`noq, Phragmites australis – oddiy qamish, Arundo donax – qamishsimon savag`ich.

Bug`doydoshlarning er yuzida 900 turkum, 11000 tur, O`zbekistonda 80 turkumga mansub 216 turi uchraydi. Oila vakillari bir, ikki va ko`p yillik o`t o`simliklaridir. Bazan daraxtsimon turlari ham uchraydi. Ildizi popuk va ildizpoyali. Poyasi silindrsimon, Shoxlanmagan, bo`g`imlarga bo`lingan. Bo`yi 2 sm dan 200 sm gacha etadi. Barglari oddiy, bandsiz, navbat bilan joylashgan, qalami, nashtarsimon bo`ladi. Barglarini pastki qismi poyani o`rab turadigan silindrsimon uzun qin va qalami yaproqdan iborat. Qin bilan yaproq o`rtasida yupqa pardasimon kichkina tilcha mavjud.


Gullari mayda, rangsiz, gulqo`rg`onsiz, bir, ikki yoki ko`p gulli boshoqchalarda joylashgan. Boshoqchalar birlashib murakkab boshoq, murakkab shingil va so`tani hosil qiladi. Boshoqcha tagida ostki va ustki tangachalar joylashgan. Gulqo`rg`oni bo`lmaydi. Ularning o`rnida gul tangachalar bo`ladi. Gulning ichida gul tangachalari orasida mayin, kichkina parda joylashgan. Bu parda o`zgargan gulqo`rg`on bo`lib lodikula deyiladi. Lodikulaning biologik ahamiyati Shundaki u gul ochilishiga yordam beradi.
Changchilari 3 ta yoki 6 ta, bazan 2 ta. Urug`chisi 2-3 ta mevabargning qo`shilishidan hosil bo`lgan. Tugunchasi ustki, bir uyali, bir urug`kurtakli. Mevasi don.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin