Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə171/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ishning borishi

Oila vakillarining tuzilishi tanlab olingan o`simliklarning gerbariy yoki tirik obyektlari asosida o`rganiladi. Bunda kungaboqar va qoqio`t gullarining tuzilishi o`rganiladi.


Oila vakillari morfologik tahlil qilinadi. Ularning hayotiy shakllari, barglarining joylashishi, to`pgulning joylashishi, gul o`rni va ularning tuzilishi, savatchalaridagi gulning tuzilish tiplari va to`pgul atrofidagi o`ramabargchalarga etibor bering. O`ramabargchalarning tuzilishini o`rganing.
To`pgulini bo`yiga kesib, unda gul o`rni qanday shaklga ega ekanligiga, kosachabargning tuzilishiga, tojibargi alohida yoki qo`shilib o`sganligiga, tojibarg shakliga va nechta tojibargdan hosil bo`lganligiga ahamiyat beriladi. Lupa yordamidagi savatchadaning o`rta qismida joylashgan gullarini ko`rib chiqib, aktinomorf yoki zigomorfligini ekanligini aniqlang. Gulda changchilar va urug`chilarni aniqlab ularning erkin yoki qo`shilib o`sganligini tekshiring. Changchilar gulning qaysi qismiga birikkan. Tugunchasi ustkimi yoki ostki. Urug`chisini nechta tumshuqchadan iborat ekanligini va tugunchani ko`ndalangiga kesib undagi uyalar sonini aniqlang.
Savatchadagi gullarni formulasini yozing va diagrammasini chizing. Meva tipini aniqlab undagi moslanishlar yani popuklar, tuklarni rasmini chizing. Oila vakillarining xo`jalik ahamiyatini tavsiflab bering. Ayrim turlarini aniqlagich yordamida aniqlang va ketma ketligini daftariningizga qayd qiling.

Savollar

1. Qoqio`tdoshlar oilachalarining biri biridan farqli jihatlarini izohlab bering?
2 Naychasimondoshchalarning gulining tuzilishini o`ziga xosligi nimalardan iborat?
3. Qoqio`tdoshlarning oilasi vakillarining guli qanday tuzilgan?
4. Oila vakillaridan xalq xo`jaligining qaysi sohasida foydalaniladi?
28 - Amaliy mashg‘ulot
Loladoshlar (Liliaceae) oilasi vakillari
tuzilishini o`rganish.


Kerakli jihozlar: lola, boychechak, sangrayquloq turkumlarining gerbariy namunalari yoki tirik obyekti, o`simliklar aniqlagichi, lupa, preparoval nina, turlarning rasmlari (ko`rgazma yoki slaydlar).
Qabila: Liliales – Lolanamolar
Oila: Liliaceae – Loladoshlar
Vakillari: Tulipa lehmanniana – lemann lolasi, Tulipa sogdiana – so`g`d lolasi, Gagea bergiiberga boychechagi, Gagea divaricata – yoyilgan boychechak, Merendera robusta – yirik sangrayquloq.

Loladoshlar juda keng tarqalgan oilalardan biri hisoblanadi. Hayotiy shakllari asosan yo`g`on ildizpoyali, piyozli yoki tugunakli ko`p yillik o`t o`simliklaridan tashkil topgan. Barglari lansetsimon, nashtarsimon, bazan ellips shakli, parallel yoki yoysimon tomirli. Gullari yirik yoki mayda, ikki jinsli, aktinomorf, yakka, shingil, boshoq va ro`vak to`pgullarga yig`ilgan. Oddiy gulqo`rg`onli, Changchisi 6 ta, 3 tadan ikkita halqada joylashgan, urug`chisi bitta, uchta mevabargchani qo`shilishidan hosil bo`lgan. Ko`pchiligining tugunchasi ustki. Mevasi ko`sakcha. Bu oilaga O`zbekistonda Tulipa, Gagea, Merendera, Fritillaria, Rhinopetalum turkumlari kiradi.


Oila tarkibida manzarali va dorivor turlari uchraydi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin