Gips longeta va kosinkaga osib qo'yish.
Еlka suyagi diafizining spiral sinishlari tez va oson bitib ketadi. Еtarlicha bo'lmagan immobilizaciya holatlarida ham 5-6 haftadan so'ng klinik bitish belgilari kuzatiladi. Faqat tarnovsimon shinacha yoki yoqachali va manjetali boglam yoki qo'ltiq osti chuqurchasidan elkaning ichki tomoni bo'ylab pastga tushuvchi va tirsak bo'gimi sohasida elkaning tashqi tomoniga o'tuvchi uzun gipsli longetagina qo'llanishi talab etiladi. Longeta ko'rsatilgan holatda u qattiq mahkam bintlanadi va qo'l kosinkaga osib qo'yiladi.
Boglam qo'yilishi bilan barmoqlar va bilak-kaft bo'gimi uchun harakatli mashqlar tavsiya etiladi. Еlka bo'gimi uchun mashqlar bajarilganda ma'lum bir intervallar orasida kosinkali boglamni olib qo'yish ham mumkin. Shish kamaygani sari gipsli longeta aylana bintlar bilan mustahkamlanib boradi va bu maydalangan suyak qismlarini bir-biriga moslashtirilgan holda ushlab turilishi uchun etarlidir. 5-6 haftadan so'ng klinik bitish belgilari kuzatiladi. Og’riqlar kuzatilmaganda, sinish joyida “prujinasimon harakat” bo'lmaganda gipsli longeta ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi va tirsak, bilak bo'gimlaridagi harakat aktiv mashqlar yordamida qayta tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: |