«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə209/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi.

3-chizma. Shaxs qobiliyatlari, tabiiy iste’dodlar va ularning farqi.
Barcha mutaxasisliklarda bo‘lgani kabi o‘qituvchilik kasbida ham pedagogik qobiliyat – uning shaxsiy iste’dod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishda subyektiv shart - sharoitlar yaratadi.
Har qanday qobiliyat – shaxsga tegishli bo‘lgan murakkab tushunchadir, u faoliyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Har qanday faoliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talablarga javob bera olsa, kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o‘z qobiliyatini ko‘rsata oladi, agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo‘lsa, shaxs mehnatining muayyan turiga nisbatan kam qobiliyatli, deb xarakterlanadi.
Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish lozim.
O‘qituvchi qobiliyatini o‘rganishda xususiyatlar «ansambli» iborasini biz shuning uchun ham ishlatamizki, bunda xususiyatlarning oddiygina birgalikda mavjud bo‘lishini emas, balki ularning uzviy bog‘langan bo‘lishini, muayyan tizimda o‘zaro ta’sir qilishini ko‘zda tutayapmiz. Bu tizimda xususiyatlardan biri oldingi o‘ringa chiqib, yetakchi xususiyatga ega bo‘lsa, ayni vaqtda boshqalar uchun yordamchi xususiyatlar rolini o‘ynaydi.
Kishining qobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega. Qobiliyat yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga, binobarin, ijtimoy boylikning son va sifat jihatidan tez o‘sishiga, jamiyat taraqqiyotiga yordam beradi. Shuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilarning zakovati, qobiliyatini ochish hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanishini o‘rganib olishi zarur ekanligi haqidagi masala qat’iy talab qilinadi. O‘qituvchining pedagogik mahoratni takomillashtirishida qobiliyat bilim olish va malaka hosil qilishni ta’minlaydi. Qobiliyatli kishining yuqori unumli mehnati uni moddiy hayot darajasi bilan ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, qobiliyatli o‘qituvchiga pedagogik faoliyat va mehnat engilroq bo‘ladi va u kamroq charchaydi, chunki sevimli mehnati unga huzur-halovat bag‘ishlaydi.
Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalar mahsuli, shu bilan birga, faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti yuksak darajada muvaffaqiyatli bo‘lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega ekanligiga bog‘liq. O‘qituvchilarning faoliyati yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxs darajasida tarbiyalashda va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan kadrlarni tayyorlashda namoyon bo‘ladi. Buning muvaffaqiyati o‘qituvchilarning pedagogik qobiliyatiga bog‘liq. Qobiliyat kasbiy faoliyat jarayonida sayqallanib boradi. Buning uchun o‘qituvchida layoqat, zehn va qiziqish bo‘lishi kerak.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demakdir. Rasomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rasomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujasamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:

  • aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik;

  • o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;

  • aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hisiyotni jilovlay olish.

  • pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish.


Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin