«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Bilish – o‘rganilgan materialni konkret faktordan boshlab butun bir nazariyagacha esda saqlash va qayta tiklashni anglatadi. Bilish qobiliyati



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə211/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Bilish – o‘rganilgan materialni konkret faktordan boshlab butun bir nazariyagacha esda saqlash va qayta tiklashni anglatadi.
Bilish qobiliyati – pedagogning ta’lim jarayonining ishtirokchilari – ta’lim oluvchilar, ota-onalar, hamkasblar va ta’lim muasasasining rahbarlari bilan oson muloqotga kirishish, ular bilan munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan individual psixologik xususiyat
Dastur–o‘quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o‘zida mujasamlashtiruvchi me’yoriy hujjatdir.
Didaktik qobiliyat - bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni ta’lim oluvchilarga tushuntira olish.
Didaktika - yunoncha “didacticos” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘rgatish”, “o ‘qitish” degan ma’nolarni bildiradi.
Didaktika - pedagogikaning o‘qitish nazariyasi; didaktika ta’lim nazariyasi.
Diqqatni taqsimlash qobiliyati-bir necha ob’yektlarga bir davrning o‘zida o‘z munosabatini bildirish.
Jest (gavda, qo‘l va oyoq harakatlari) – muayyan hodisa yoki ob’yektga nisbatan munosabatning gavda, qo‘l va oyoq harakatlari yordamida ifodalanishi
Ijodiy izlanish–pedagog boshchiligida qo‘yilgan muammolar, masalalarni yechishning yo‘llarini faol izlashni tashkil etish usuli, fikrlash jarayoni produktiv (unumli) xarakterga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’yektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Ilmiy bilim - ta’lim – tarbiyani takomillashtirish muammolari yechimlarini topishda qo‘l keladi va u tizimli, asosli narsa – hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo‘ladi.
Imitatsion o‘yinlar – bo‘lim, sex, korxona tashkilotning faoliyati-imitatsiya qilinadi. Imitatsion o‘yinlar senariyasi, hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan jarayon va ob’yektlar tarkibi va ahamiyati haqidagi tavsilotlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin