Ko‘nikma va malakalarning qobiliyatga ta’siri nimada?
Ijodkorlik tushunchasini izohlab bering?
Iste’dod va talant tushunchalariga ta’rif bering?
Qobiliyatga pedagogik – psixologik nuqtai nazardan tasnif bering?
Shaxs qobiliyati va tabiiy iste’dodlar nimani anglatadi?
Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari nimalardan iborat?
Qobiliyatning umumiy va maxsus turlari va ularning farqi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Батаршчев А.В. Психодиагностика способности к обшчению или как определит организаторскийе и коммуникативнийе качества личности.- М.: Гуманит. Изд. Центр ВЛАДОС, 1999.- 176 с.
Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. – T.: O‘zbekiston, 1999. – 29 b.
Abdullayev H. Yashil daftar hikmati. -Toshkent, O‘qituvchi, 2000.
Barkamol avlod orzusi. – T.: “O‘zbekiston milliy ens iklopediyasi”, 2000 y.
GLOSARIY
Avtoritar texnologiya - pedagog yagona subyekt sifatida namoyon bo‘ladi, ta’lim oluvchilar esa faqatgina “ob’yekt” vazifasini bajaradi.
Adaptatsiya – ta’lim jarayonini ta’lim oluvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish.
Akademik qobiliyat - barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik.
Baholash – o‘rganilgan materialni konkret maqsad uchun baholash ko‘nikmasini anglatadi.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo ‘lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujasamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan bilimlar majmui.
Bilimlar banki – bu ma’lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxasislarni tayyorlashdagi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmui.