Ishlab chiqarish amaliyoti – kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishninng so‘nggi oylarida o‘tkaziladi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxasis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi
Kasbiy-pedagogik burch – mutaxasis sifatida pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda ado etilishi majburiy bo‘lgan vazifa
Kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
Kompetentlik (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish
Kommunikativ qobiliyat - muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga kirishib ketish qobiliyati.
Kompetentlilik -1) (ingl. “competence” - “qobiliyat”)- faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma, malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish; 2) aniq vaziyatda kompetensiyani namoyon qilish tushuniladi.
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi - kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir.
Konstruktiv qobiliyat - o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati
Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o ‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
Kundalik bilim - sog‘lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi va insonning atrof – muhitga moslashuvchi, uning hatti – harakatlari va oldindan ko ‘ra bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘nikma –1) shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; 2) o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat.