Modulli o‘qitish – xalqaro tushuncha – modul bilan bog‘liq bo‘lib («modul», lotincha modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi.
Muloqot –1) kishilarning o‘zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari kishilar o‘rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni; 2) kishilarning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishi asosida ular o‘rtasida ro‘y beradigan axborot almashinuvi
Pantomimika – pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni alohida ajratib ko‘rsatishga, ma’lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi gavda, qo‘l va oyoqlarning harakati.
Pedagogik mahorat - o‘qituvchining shaxsiy-kasbiy faoliyati natijasi umumlashmasi bo‘lib, muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar yig‘indisidan iborat.
Pedagogik mahorat -1) kasbiy ko‘nikmalarning yuksak darajada rivojlanishi; 2) shaxsning kasbiy sifatlari, layoqat qobiliyatlari majmui; 3) san’at darajasidagi maxorat; 4) pedagogik mohirlik, san’at va bilimdonlikni ifodalovchiatama. (pedagogik entsiklopediya 2017 y. 3 jild. )
Pedagogik taksonomiya – (grek so‘zlari «taxis» - tartib bilan joylashtirish va «nomos» - qonundan kelib chiqqan) – o‘quv maqsadla-rining toifalarga va ketma-ketlik darajalarga tasniflab, o‘quv fani bo‘yicha maqsadlarining aniq tiziimni tuzish.
Pedagogik takt - (lot. “tactus” – “dahl qilish”, “dahldorlik”, “his etish”, “tuyg‘u”) pedagogning ta’lim oluvchilar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri yondoshish malakalariga egaligi
Pedagogik tafakkur–pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalar mohiyatining, shuningdek, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanish va aloqalarning pedagog ongida to‘laqonli aks etishi, yangi g‘oyalarni ilgari surish, yangiliklar yaratish, shuningdek, pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalarning natijalarini bashoratlash; pedagog aqliy faoliyatining yuksak shakli