«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə61/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

  1. umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;

  2. umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;

  3. umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; baholash tizimi.

Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta’lim muasasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muasasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi etarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muasasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muasasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining s inflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari quyidagilardan tashkil topadi: bilim – o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka – o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Baholash tizimi – davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muasasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari asosida o‘quv materiallari o‘quv-metodik majmuada o‘z ifodasini topadi.
O‘quv -metodik majmua – darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
Darslik – davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.



Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin