«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə62/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

NaZorat uchun savollar:

  1. Ta’lim mazmuni deb nimaga aytiladi?

  2. Ta’lim mazmunini belgilashga doir qanday yondashuvlar mavjud?

  3. Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nima tushiniladi?

  4. Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillariga izoh bering.

  5. Ta’lim mazmunini loyihalashda qanday mezonlarga asoslanish lozim?



Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.


7-mavzu: Xalqaro baholash dasturlari.

(2 soat ma’ruza)

Reja:

  1. Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati.

  2. Xalqaro baholash dasturlari turlari.

  3. Boholashning 3 xil ko‘rinishi.




Tayanch iboralar: PISA, PIRLS, TIMS, TALIS, ish reja, qo‘llanma, imtihon topshirish, nazoratga olish, Baholash, metodika, metodologiya, Milliy o‘quv dasturi, darslik, dastur, Xalqaro baholash tizimi, Diagnostik baholash, Formativ baholash, Summativ baholash.


Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxasilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’limtarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?

  • Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.

  • Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxasislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.

  • Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

  • Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.

  • O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxasislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxasislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.

  • Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muasasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
PIRLS – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;
TIMS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muasasalarida o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish;
PISA – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
EGRA va EGMA esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi .
Bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.




Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin