«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Davlat ta’lim standartining maqsadi



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə60/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Davlat ta’lim standartining maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

  • milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muasasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

  • ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;

Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

  • o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari, ustuvorligi;

  • umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;

  • davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari

  • bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;

  • umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;

  • umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini

  • tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;

  • o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;

  • rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.


Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin