«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə72/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Nazorat uchun savollar
“Qobiliyat” tushunchasiga ta’rif bering.

  1. Pedagogik qobiliyat deganda nimani tushunasiz?

  2. Pedagogik qobiliyat qanday tuzilishga ega?

  3. Pedagogning kasbiy bilimlar darajasining tuzilishini bayon eting.

  4. Pedagogning kasbiy va shaxsiy fazilatlariga nimalar kiradi?

  5. Pedagogik salohiyatning tarkibiy qismlarini sanab bering.

  6. Innovatsion salohiyat deganda nimani tushunasiz?

  7. Innovatsion salohiyatning tuzilishini bayon eting.

  8. Pedagogik mahorat tizimida akmeologik qobiliyatlar qanday ahamiyatga ega?

  9. Autopsixologik kompetentlik nuqtai nazaridan kreativ qobiliyatlarga nimalarni kiritish mumkin?

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.
3. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.
4. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.


9-mavzu: Inklyuziv ta’lim

(2 soat ma’ruza)

Reja:

  1. Inklyuziv ta’lim tushunchasi

  2. Maxsus ta’lim

  3. Inklyuziv ta’lim madaniyati

  4. Ijtimoiy integratsiya.


Tayanch tushunchalar: inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, resurs, resurs pedagog.
Inklyuziv ta’lim tushunchasi. Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion – uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llpaydi, va yutuqga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga imkon yaratadi.
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib, qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa, unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar uchun foydali bo‘ladi. Inklyuziv ta’lim maktablari bolalarning bilim olishi uchun shaxsiy huquqlarini himoyalaydi.
Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi, kamaytiradi.
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin