O‘qituvchining kasbiy bilimlari darajasi.S.A.Madyarova pedagogning kasbiy salohiyatining tuzilishini quyidagi tarzda turkumlashni taklif etgan (5-jadval).
5-jadval Pedagog kasbiy salohiyatining tuzilishi 5-jadval
O‘qituvchining pedagogik qobiliyati tizimida kasbiy bilimlar asosida shakllanadigan qoida va tamoyillarning anglanishi muhim ahamiyati ega.
Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, o‘qituvchining kasbiy bilimlari darajasini quyidagi tarzda turkumlash mumkin:
metodologik – umumfalsafiy doirada rivojlanish qonuniyatlariga doir bilimlar, tarbiya maqsadining shartlanganligi va boshqalar;
nazariy – pedagogika va psixologiyaning qonunlari, tamoyillari va qoidalari hamda faoliyatning asosiy shakllari;
metodik – o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish darajasi;
texnologik – aniq sharoitlarda ta’lim-tarbiyaga doir amaliy vazifalarni hal etish darajasi;
kasbiy fikrlash – pedagogik maqsadlarga erishishda egallanadigan bilimlarni tanlash, tahlil etish va umumlashtirish va ularni texnologik shaklda taqdim etish qobiliyati;
tanqidiy fikrlash – biror bir harakatga doir qaror qabul qilishda ratsional, refleksiv fikrlash;
aqlning tanqidiyligi – bu insonning o‘zining va boshqa fikrlarni obyektiv baholay olish,
ilgari surilayotgan fikr va g‘oyalarni har tomonlama va chuqur tahlil etish ko‘nikmasi;
ijtimoiy etuklik – jamiyat tomonidan qabul qilingan qadriyat, me’yor, ustanovka, xulqatvor namunalarini egallaganlikning yuqori darajasi;
faoliyat strategiyasi – istiqboldagi rivojlanish va talab etiladigan natijaga erishishni strategik rejalashtirish mahorati;
kasbiy salohiyati – belgilangan darajada o‘zining majburiyatlarini bajara olish qobiliyatini aniqlab beruvchi tabiiy va o‘zlashtirilgan sifatlar yig‘indisi.