O‘qitish jarayonining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish funksiyalari. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni xosil qilish, yangi xaqiqatlarni ocha olishga qodir bo‘lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ta’lim o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirish, o‘zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash operatsiyalari va xarakatlarini xosil qilish jarayonidir. Bu pasiv jarayon emas, balki o‘quvchiga noma’lum faol, ijodiy faoliyat, mehnat jarayonidir. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi bilmaslikdan bilishgacha, noto‘ǵri va noaniq bilishdan tobora to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtirok etadi va amaliyotda sinab ko‘riladi.
1) Ta’limiy maqsad – o‘quv materiallarining mazmunini bilish, yani ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
2) Tarbiyaviy maqsad – fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan ǵoyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon-e’tiqodlarini shakllantirishdir.
3) Rivojlantiruvchi maqsad – ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi- talabada mustaqil ishlash is’tedodi paydo bo‘ladi. Uni o‘ylashga o‘rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur xukmronlik qiladi. Ta’lim turli bosqichlarda amalga oshadi.
Birinchi bosqich – o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda wquvchi-talaba talimning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich – ular o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqich – yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o‘qituvchining qo‘shimcha izohlari orqali mustakamlanadi.
To‘rtinchi bosqichda – ular o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar.
Bularni bilish orqali o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonining xamma bosqichlarida o‘qituvchi etakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmoǵi sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan:
1) o‘quvchi va talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni xosil qiladi;
2) ularda dunyoqarashni, ishonch va e’tiqodlarini o‘stiradi;
3) yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali kishilar bo‘lib yetishishlariga, qobiliyat va is’tedodlarini o‘stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli xal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi, o‘quvchiga o‘z faoliyatining obe’kti sifatida qiziqib qarashi, uning extiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim.
Bundan tashqari o‘qituvchi ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi-talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va xisobga olishi, o‘quv materiallarini to‘ǵri tanlay bilishi, taxlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilish, o‘quvchiga nisbatan talabchan bo‘lish pedagogik vaziyatga qarab ulardan o‘rinli foydalana olish, ta’lim natijalarini dastlabki va keyingi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, taxlil qilish va xulosalash kabilar. Xullas, o‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim.