«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə87/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Nazorat uchun savollar:
1. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
2. Ta’lim nazariyasi (didaktika) nima?
3. Tarbiya nazariyasi nimalarni O‘rganadi?
4. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va moxiyatini yoriting.
5. Qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?
6. Qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari xisoblanadi.


Foydalanilgan ADABIYOTLAR:
1. Karimov I. A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent, O‘zbekiston, 1992.
2. Karimov I. A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni //Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Pedagogika/A. Q. Munavvarovaning umumiy taxriri ostida. - Toshkent, O‘qituvchi, 1993.
5. Podlasiy I. P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 2. – Moskva, Vlados, 1999.

4-Mavzu: Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.

(2 soat amaliy mashg‘ulot)

Reja:

1. Individ va shaxs tushunchalarining mohiyati.

2. Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.

3. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni.

4. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.




Tayanch iboralar: SHaxs, individ, individuallik, rivojlanish, preformizm, faoliyat, ijtimoiylashuv, kichik maktab yoshi, katta maktab yoshi, dunyoqarash.

Shaxs rivojlanishi xaqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.


“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan etarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o‘zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiymavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi?
Yokitabiiy omillaretakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E. Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D. D’yul, A. Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixikrivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Lekin ko‘p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo‘ladi.
O‘smir va o‘spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish va mehnat kiradi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko‘ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va pasiv bo‘lishi mumkin. O‘smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata olishi unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga yo‘llaydi. Bilishga bo‘lgan faollik o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilmaxilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko‘ra, o‘quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo‘ladi. Ta’lim muasasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o‘z mehnati, g‘ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O‘qituvchi qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o‘zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligidadir.
SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
SHuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib bo‘lmaydi.
SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr.
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5. O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar) 14-15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o‘quvchilari (o‘spirinlar) – 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o‘quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo‘ladi, his-tuyg‘ulari mazmuni o‘zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik 12-15 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomikfiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi.
Hozirgi davr o‘smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi:
1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to‘garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o‘qishga qiziqishi ortadi.
2. O‘z-o‘zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o‘zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o‘smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘ladi. Bu o‘smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o‘smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o‘smir hech qaysi o‘quv fanlarini o‘qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o‘quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o‘quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o‘smirlar qiziqishi o‘qituviga bog‘liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o‘qishlari ham barqaror emas.
Turli to‘garaklarga 21 foiz o‘smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug‘ullanadi. 40 foiz o‘quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo‘q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o‘smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o‘z ixtiyorlari bilan qanday o‘tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o‘smir vaqtini o‘z holicha o‘tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko‘radi, 50 foizi sport bilan shug‘ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o‘smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O‘smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to‘liq bo‘ladi.
Bu yoshda o‘smirlar kattalar oldida o‘zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi.
O‘z-o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan talab o‘sadi. “Dangasa”, “qo‘pol”, “bee’tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og‘rinib qabul qiladilar.
O‘smir yoshida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. SHuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e’tibor berish lozim.
O‘z-o‘zini tarbiyalash natijasida o‘g‘il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur; qizlar esa – o‘ta ko‘nikuvchan, kamtar va jiddiy bo‘la boshlaydilar.
Shuning uchun o‘smirga o‘z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o‘smirda burch hisi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo‘la boshlaydi. Muhimi, o‘smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo‘lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o‘quvchilari (o‘spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr ‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta’kidlab o‘tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.



Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin