«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayoni



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə86/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayoni. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. CHunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur.
O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Ta’lim – bu ?
2. Ta’limni boshqarish – bu ?
3. O‘qituvchining asosiy vazifalari
4. Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasi haqida gapirib bering.
5. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
6. Ta’lim nazariyasi (didaktika) nima?
7. Tarbiya nazariyasi nimalarni O‘rganadi?


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni.

  2. Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998.

  3. Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.

  4. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010

3-mavzu: Pedagogika fanining ilmiy izlanish metodologiyasi va metodlari.


(2 soatamaliy mashg‘ulot)

Reja:
1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.


2. Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
3. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish.

Tayanch iboralar: pedagogika, tushuncha, tarmoq, qonuniyat, shaxs, rivojlanish, ta’lim, tarbiya, kategoriya, tadqiqot, jarayon, shakl, mazmun, moxiyat.


Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash xamda unga ta’lim berishning moxiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.


Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod xamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muxim jixati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muxim tarkibiy qismlari xisoblanadi.
Didaktika ((ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «O‘rgatuvchi», didasko «O‘rganuvchi») ta’limning nazariy jixatlari, ta’lim jarayonining moxiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va xokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z moxiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim xar bir shaxsning kamol topishi xamda u tomonidan xayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxasislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma xamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko‘ra maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo‘lina Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muxim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mexnat, estetik, iqtisodiy, xuquqiy, ekol ogik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan ximoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning gurux-gurux bo‘lib xayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o‘tkazish yo‘lidagi faoliyat (O‘simlik mevalari, ildizlarini terish, xayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish gurux a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat xollarda, mexnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mexnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o‘ziga xos jixatlar ko‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida xam tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va extiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muxim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy xarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyixasining muxim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qo‘yildi. Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning xaq-xuquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumi o‘rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g‘oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar etakchi O‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy xayotda diniy muasasalar (G‘arbda cherkov, SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shumaskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi xolatlar xam ko‘zga tashlangan bO‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko‘rish extiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish xayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi.
Insoniyat tarixidan mustaxkam o‘rin olgan SHarq Uyg‘onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi – O‘rta asrlar davrida sodir bo‘ldi. SHarqda buyuk allomalar - Muxammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Axmad alFarg‘oniy, G‘arbda esa T. Mor, T. Kampanella, E. Rotterdamskiy, F. Rable, M. Monten va boshqalar tomonidan xar tomonlama rivojlangan, ruxiy va jismoniy jixatdan sog‘lom, antik dunyo va burjaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, xunarmandchilik va manifaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga xal etilishi tasdiqladi. Mazkur davrda ilg‘or, progresiv pedagogik g‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat g‘oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qarash o‘z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jixatdan asoslandi. Bu o‘rinda pedagogika fani rivojiga o‘zining munosib xisasini qo‘shgan mutafakkirlar: G‘arbda - Ya. A. Komenskiy, D. Didro, J. J. Ruso, F. Gerbart, V. V. Disterveg, K. D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, V. A. Suxomlinskiy, SHarqda I. Ibrat, S. Siddiqiy, A. SHakuriy, S. Ayniy, A. Avloniy, A. Fitrat, X. X. Niyoziy, M. Abdurashidov, M. Bexbudiylar shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanda boyitdilar xamda ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g‘oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq SHo‘ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta’lim muasasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, xar tomonlama (garmonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo‘li demokratik, insonparvar va xuquqiy jamiyatni barpo etishdan iboratligi e’tirof etilib, «ta’lim tizimini tubdan islox qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish» davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Respublikada ta’lim soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy mazmun xamda yO‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me’yoriy xujjatlarda belgilab berilgan.
Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tayyorlashga yO‘naltirilgan ijtimoiy xrakat istiqbollari, bu boradagi muammo lar va ularni xal etish yo‘llarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga aloxida xisa qo‘shadi.
Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning xayotida etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar moxiyatini muxim axamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar xamda xuquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini xal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
1. Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning moxiyatini o‘rganish.
2. SHaxsni xar tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan xolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
4. Ta’lim muasasalari xamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar xamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
7. Ta’lim-tarbiya birligi xamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini O‘rganish.
8. O‘qitish xamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, xar bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu xolat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning moxiyatini ochibberuvchi eng muxim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
SHaxs – psixologik jixatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –O‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq xaqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka–muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, xosil qilingan ko‘nikma va malakalar xamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellectual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar moxiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya moxiyatini ilmiy jixatdan asoslash ma’lum pedagogik xodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik xodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy moxiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi.
Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash xamda ta’limotlarning falsafiy jixatlari kabi masalalarni taxlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muasasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlash kabi masalalarning iqtisodiy jixatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bO‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muxim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda aloxida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning xis etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muxim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya-o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muxofazalash, ularning jinsiy jixatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruxiy-intellektual, xisiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari xaqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jixatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni O‘qitish xamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.
Pedagogika fanlari tizimi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviyaxloqiy xamda jismoniy jixatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, xar bir davrning o‘ziga xos jixatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik xolatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir:
1. Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jixatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
3. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning O‘ziga xos psixologik xamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jixatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
4. Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va O‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi.
O‘z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli soxalari kiradi. Ular quyidagilardir:
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorliharakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bO‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
5. Metodika – xususiy fanlarni o‘qitish xususiyatlarini o‘rganadi.
6. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
7. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.
8. Pedagogik maxorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy maxoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
9. Ta’limni boshqarish – ta’lim muasasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish xamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni xamda natijalari xisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chi[arish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni xar tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil xamda pedagogik shartsharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi xolatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining moxiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur choratadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish xam muximdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki moxiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik xodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik xodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jixatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining axamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik xamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri xisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashoratlash;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suxbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Ta’lim muasasasi xujjatlarini taxlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Pedagogik taxlil metodi.
8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‘llash jarayonida ta’lim muasasalarining o‘quvtarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo xolat aniqlanadi, tajribaavvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qO‘lga kiritish mumkin.
Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning axamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muximdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3) kuzatishning xar bir bosqichida muayyan vazifalarni xal etish;
4) xar bir xolatning moxiyatini sinchiklab o‘rganish;
5) xulosa chixarishga shoshilmaslik
Suxbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud xolatga to‘g‘ri baxo berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suxbat maqsadga muvofiq xolda indiviudal, guruxli xamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suxbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bilishga erishish muximdir. Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvoiq:
1) maqsaddan kelib chiqqan xolda suxbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash xamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;
2) suxbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suxbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish;
4) suxbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
5) suxbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;
6) suxbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni O‘z vaqtida taxlil qilish.
Anketa metodi (fransuzcha–tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suxbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi xam tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p xollarda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon moxiyatidan kelib chiqqan xolda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «xa», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va xokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qo‘llashda xam bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
1) anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning moxiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
2) anketa savollari yirik xajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
3) anketa savollari o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
4) anketa savollari respondentlar tomonidan to‘la javoblar berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
5) anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta taxlil etilishi shart.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jixatini yorituvchi xodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni xavola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muasasasi xujjatlarni taxlil qilish metodi. Pedagogik xodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muasasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni xamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta’lim muasasalari amaliyotidagi bajarilish xolatini o‘rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq xamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muasasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Ta’lim muasasasi faoliyati moxiyatini yorituvchi xujjatlar quyidagilardan iborat: o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, gurux (yoki sinf) jurnallari, o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muasasasi smetasi xamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi xisobotlar, ta’lim muasasasi jixozlari ( o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va xokazolar) qayd etilgan daftar va xokazolar.
Mazkur metod muayyan yo‘nalishlarda o‘quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o‘quvchilarda xosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar xajmi, ilg‘or pedagogik tajribalar mazmunini o‘rganishda muxim axamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan soxasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z moxiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:
2) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «xa», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va xokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bO‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha taxlil etish imkoniyati mavjudligi xamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan xam xoli emas. CHunonchi, aksariyat xolatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. SHu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik taxlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik xamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jixatdan xaqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. mazkur metod o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan soxalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, xisobotlari muxim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baxolash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1) fan olimpiadalari;
2) turli mavzulardagi tanlovlar;
3) maktab ko‘rgazmalari;
4) festivallar;
5) musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib ko‘rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi xamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay xamda unga baxo bera olishi zarur.
Pedagogik tajriba xam bir qator shartlarga amal qilgan xolda tashkil etiladi. Xususan:
1) tajribaning maqbul loyixa (dastur) asosida uyushtirilishi;
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
3) tadqiqot ob’ektlari vv usullarining to‘g‘ri tanlanishi;
4) tajriba o‘tkazilish vaqti xamda davomiyligini aniqlanishi;
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jixozlar, vositalar)ning yaratilganligi;
6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, taxlil qilish va natijalarni qayta ishlash.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy xolda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi, muammo xolatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta taxlil etiladi. yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich xisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Rokich, V. P. Bespalko xamda V. V. Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin