«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə83/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

NAZORAT UCHUN SAVOLLARI

  1. G‘arbiy Yevropadagi maorif bo‘yicha fikringizni bayon eting.

  2. Ritsar tarbiyasi haqida gapirib bering,

  3. Yevropaning dastlabki universitetlari?

  4. Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida ta’lim tamoyillari haqiga gapirib bering.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
3. Yo‘ldoshev J. G‘. Xorijda ta’lim. –T.: SHarq, 1995.
4. Muslimov N. A., Usmonboeva M. H., Sayfurov D. M., To‘raev A. B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. - T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015.

.





1-Mavzu: O‘zbekistonda ta’lim tizimi.

(2 soat amaliy mashg’ulot)

Reja:

  1. O‘zbekistonda ta’lim tizimi.

  2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati

  3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.


Tayanch iboralar: Qonun, milliy model, ta’lim tizimi, ta’lim turlari, boshqarish, kadr.
O‘zbekistonda ta’lim tizimi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy’gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o‘rinda istiqlolimizning ilk yillari ta’limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta’limni o‘rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta’lim to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun respublikamizda ta’lim mustaqilligini ta’minlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta’lim taraqqiyotiga to‘liq bo‘ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash bo‘yicha ta’lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to‘la huquqiy kafolatlar barish, ta’limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta’lim bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo‘llarini ochib berishi, ta’lim muasasalari uchun o‘quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o‘tkazishni rag‘batlantirish, ta’limning noan’anaviy turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta’limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko‘rsatib beradi. Ilm- ma’rifat e’zozlangan, ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to‘g‘risida o‘ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. Ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg‘urish mamlakat va xalq istiqbolini o‘ylash demakdir.
Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.
Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • profesional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Profesional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus profesional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich profesional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta profesional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus profesional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik disertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxasislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Ta’lim olish shakllari:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);

  • dual ta’lim;

  • oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;

  • katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;

  • inklyuziv ta’lim;

  • eksternat tartibidagi ta’lim;

  • mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, profesional ta’lim muasasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, profesional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muasasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat, o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, ta’lim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komisiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muasasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat oliy ta’lim va profesional ta’lim muasasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Chet ellik fuqarolarni O‘zbekistonning davlat ta’lim muasasalariga qabul qilish to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin