«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə85/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila».
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o‘z asarlarida o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o‘rin beradi. Allomaning qayd etishicha, bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa» ekanligini ta’kidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur»2, - deydi.
Yan Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga katta baho berib, o‘qituvchilik «er yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, pedagog o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Ya. A. Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlarning namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligiga urg‘u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga otalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortida ergashtiruvchi va diniy e’tiqod.
K. D. Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi fikrni ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o‘qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi.
O‘qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Respublikamizda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muasasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir.
SHaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘ymoqda. «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bao‘ramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak».
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?
O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxasislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muasasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarini ifodalaydi):
1. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
2. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
3. O‘qituvchi o‘z mutaxasisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi lozim.
4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
6. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o‘zlashtirib olishga erishishlari lozim.
8. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur.
9. O‘qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o‘zlashtirishga erishishi.
10. O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin