Talimning tizimli va izchil bo‘lishi. Ijtimoiy taraqqiyotning boy tajribasi ta’limda sistemalilik va izchillik bo‘lishi shart ekanini tasdiqladi. Bilimlarning ma’lum sistemaga solinishi va izchil bo‘lishi ta’lim samaradorligi belgilovchi eng etakchi omillardan biridir. Hozirgi zamon didaktikasidan bu tamoyilga katta e’tibor berilmoqda. Chunki ta’limda izchillikka rioya qilib o‘qitish bugun o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlashga va ertaga o‘rganiladigan bilimlarga zamin tayyorlashga yordam beradi. Ya’ni o‘tilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning talabalarning oldingi o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlari, ko‘nikma va malakalari bilan izchil va uzviy boǵlanishi, shu bilan bir vaqtda o‘qitilayotgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish orqali kelajakda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta’lim bosqichiga zamin yaratilishi nazarda tutiladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Ta’limning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
2. Ta’limning qanday xususiyatlarini bilasiz?
3. Didaktikaning asosiy tushunchalarini sanab bering?
4. Mustaqil O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishning qanday asosiy yo‘nalishlarini bilasiz?
5. Ta’lim tamoyillarini izohlang.
6. Ta’lim va tarbiyaning birligi deganda nimani tushunasiz?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – wzbekiston taraqqiyotining poydevori. T. 1997.
2. Karimov I.A. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. 1997.
3. “O‘zbekiston Respublikasi Talim to‘ǵ’risida”gi qonuni.1997.
4. Ǵaybullayev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova Q., Mamatqulova R. va boshqalar. Pedagogika. “Universitet”, 1999.
5. Ǵaybullayev N.R. Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova Q.A., Mamatqulova R. va boshqalar. Pedagogika (Barcha bakalavr ywnalishlari uchun). 2000.
6. Inoǵomov R., Toshmurodova Q. Pedagogika fani XXI asrda. T. 2000. “Yangi asr avlodi” nashriyoti.
7. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. Wquvchilar bilimini sinashning bazi bir muammolari.