«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Pedagogika fani metodologiyasi



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə101/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Pedagogika fani metodologiyasi – jamiyatning rivojlanishi sharoitida uzluksiz taraqqiy etib boruvchi pedagogik muhit holatini haqqoniy aks ettiruvchi, pedagogika nazariyasi hamda amaliyoti, ta’lim olish hamda unga yondashuv mezonlari haqidagi bilimlar tizimi.
Pedagogik metodologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar tahlili «metodologiya», shuningdek, «pedagogik metodologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanida metodologiya tushunchasining gnoseologik talqini ko‘proq ustuvorlik kasb etadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra «metodologiya» tushunchasi, mazmunan «gnoseologiya» (bilish to‘g‘risidagi fan), «nazariy bilish» kabi tushunchalarga yaqin turadi. Ushbu yo‘nalish tarafdorlari masalaga bir tomonlama yondashib, metodologiyani faqat «bilish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» yoki hodisalarni bilish jarayoni sifatida talqin qiladilar. Shu o‘rinda, ushbu tushunchaning «borliqni o‘zgartirish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» ekanligini e’tibordan chetda qoldiradilar va metodologiyani gnoseologik qolip bilan cheklab qo‘yadilar.
Pedagogika metodologiyasi o‘zida pedagogikaning nazariy asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishga doir yondashuvlarini, pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, mazkur bilimlar tizimini qo‘lga kiritishga doir faoliyat tizimini o‘zida mujasamlashtiradi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; tajriba- sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o‘tish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Ta’lim muasasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Pedagogik tahlil metodi.
8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematik-statistik metod.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin