«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə103/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi.
O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
1) anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
3) anketa savollari o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
4) anketa savollari respondentlar tomonidan to‘la javoblar berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
5) anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:
2) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin