«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə100/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Pedagogika fanining predmeti xaqida gapirib bering.

  2. “Individ” tushunchasi nimani ifoda etadi?

  3. Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering.

  4. Pedagogika qanday fanlarni bilan bog‘langanligi haqida fikr bildiring.



Foydalanilgan Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof.
4. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.



10-mavzu: Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari

(2 soat amaliy mashg‘ulot)

Reja:

  1. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi

  2. Pedagogika fani metodologiyasi

  3. Pedagogik tahlil metodi.

  4. Pedagogik tajriba




Tayanch iboralar: metod, deskriptiv, perskriptiv, intervyu metodi, anketa metodi, respondent, fundamental, test metodi.


Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o‘tkazish mumkin emasligini uqtiradi.
Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.
Metodologiya alohida fan sifatida ikkita funktsiyani bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me’yorlovchi). Birinchisi – ob’yektni nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi – tadqiqotchi uchun aniq mo‘ljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni taqozo etadi – nazariy va me’yoriy.
Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot ob’yekti va predmetining metodologik tahlili.
Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:

  • pedagogikani ob’yektiv borliqni ma’naviy jihatdan o‘zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;

  • pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga muvofiqligini aniqlash;

  • maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot ob’yektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo‘llash; atamalarning bir xil qo‘llanilishi;

  • pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish;

  • tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot ob’yekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati;

  • pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi;

  • pedagogik fanlar tizimi, ularning o‘zaro aloqasi.

Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati – bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi – metodologik tadqiqot va metodologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo‘nalishlari, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi – metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birinchisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qo‘llash mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi – umumnazariy savollar esa pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta’lim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yechimiga qaratiladi.
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi respublikamiz va jahon miqyosida tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Mazkur muammo ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini tashkil qilish texnologiyalari va usullarini optimallashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Ularning to‘laqonli hal etilishiga esa pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishda yanada moslashuvchan va taraqqiyparvar yondashuvlarni keng joriy etish orqaligina erishish mumkin. O‘z navbatida pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi faktlar, yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot metodlariga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa o‘z navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy prinsiplar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin