«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə96/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang.
2. Tarbiya maqsadi nimadan iborat?
3. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Tarbiya jarayonida qanday vazifalar hal etiladi?
FODALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Karimov I. A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent, O‘zbekiston, 1992.
2. Karimov I. A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shaxri. – Toshkent, Xalq merosi nashriyoti, 1993.
5. Pedagogika A. q. Munavvarovaning umumiy taxriri ostida. - Toshkent, O‘qituvchi, 1993.
6. Ziyomuhammedov B. Ma’rifat asoslari. – Toshkent, CHinor ENK, 1998.
7. Podlasiy I. P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 2.

9-mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan.

(2 soat amaliy mashg‘ulot)

Reja:

1. Pedagogika fanining predmeti.

2. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari.

3. Pedagogika fanining vazifalari.

4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.


Tayanch iboralar: bola, metod, pedagogiya, deskriptiv, perskriptiv, intervyu metodi, anketa metodi, Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik tarbiya.


Pedagogika fanining predmeti. Pedagogika (yunoncha “paidagogike”– “paidagogos” “bola” va “etaklayman”) ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat mazmuni, ta’lim, ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, shakllari, metodlari, vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. A.Avloniy tushunchani “bola tarbiyasining fani” (“pedagogiya”) deb ataydi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o‘qitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. SHu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogika fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ta’lim umumiy va maxsus ta’lim kabi turlarga ajratiladi. Umumiy Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi. Tarbiya nazariyasi bevosita tarbiya jarayonini o‘rganadi.
Tarbiya nazariyasi pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin