«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining xususiyatlari



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə92/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining xususiyatlari. O‘quv jarayonida ta’lim oluvchilar va pedagoglar o‘rtasida o‘ziga xos munosabatlar o‘rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. Shuning uchun ham ta’lim jarayoni ikki tomonlama xarakterga ega deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta’lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta bu jarayonda pedagog yo‘naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko‘zlab reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o‘zlashtirib olishlari kerak. Ta’lim jarayonida pedagog o‘rgatish, bilim, malaka, ko‘nikma hosil qilish vazifasini bajarsa, talabalar o‘zlashtirish jarayonini o‘z boshidan kechiradilar. Bu murakkab psixik jarayon bo‘lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi. O‘qish talabalarning o‘zlashtirish, bilish qobiliyatlari, fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu pasiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki talabaga noma’lum bo‘lgan haqiqatlarni ochib beradigan faol, ijodiy faoliyat jarayonidir.
Ta’limning asosiy vazifalaridan - biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo‘lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta’lim tizimi talabalarga berishili kerak bo‘lgan bilimlar, malaka va ko‘nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni yechimini topish ustida bosh qotirmoqda.
Ta’limning asosiy maqsadi - zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlash va muammolarni yechish imkoniyatiga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan boy shaxslarni shakllantirishdir. Jamiyat rivojlanar ekan, hayotiy talablarning darajasi ham ortib boradi. Demak, ilmiy bilimlarning hajmi kengayib, ilmiylik darajasi chuqurlashib borar ekan, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezda hal etishga bwlgan talab yanada kuchayib boradi.
Ta’limning yana bir o‘ziga xos xususiyati uning tarbiyaviy xarakterga ega ekanligidir. Har qanday tarbiya asosida bilim mavjud bo‘lganidek har qanday ta’lim o‘zida ma’lum tarbiyaviy ta’sirni mujasamlashtiradi. Bilimlarning talabaning faqat fikrlash qobiliyatiga emas, balki ichki kechinmalariga, his-tuyǵulariga, fazilatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ta’lim jarayoni ta’sirida talabaning aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirish va yangi poǵonaga ko‘tarish asosiy masalalardan biridir. Aynan ta’limning rivojlantiruvchi xususiyatini ikki darajaga ajratib tahlil qiladi.
Zaruriy rivojlanish. Bu talaba tayyorgarligidagi mavjud daraja, boshqacha qilib aytganda, talabadagi bor daraja, yani talabaning bugungi o‘quv jarayonigacha bo‘lgan tayyorgarlik darajasidir. Bu daraja talabaning ishni mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi.
Yuqori darajadagi rivojlanish. Boshqacha qilib aytganda, shu dars davomida ko‘tarilish kerak bo‘lgan darajadir. Bu talaba hozircha qila olmaydigan, lekin ko‘mak vositasida eplay oladigan ishdir. Talaba ana shu o‘zi uchun yangi bo‘lgan va bajarishga kuchi etadigan vazifani bajarish davomida ikkinchi darajaga ko‘tariladi. Lekin bu vazifa talabaning taraqqiyot zonasida joylashgan bo‘lishi shart, aks holda rivojlanishga erishish qiyin. Yaqinlashib qolgan taraqqiyot zonasiga kirgan har narsa ta’lim jarayonida zarur rivojlanish darajasiga o‘tadi.
Ta’lim jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarish lozim. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
2. Talabalarda dunyoqarashni, ishonch va e’tiqodlarini o‘stirish.
3. Talabalarning ma’naviyatini boyitish va tarbiyalash.
4. Yoshlarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini va is’tedodlarini ochish hamda stirish.
Ushbu vazifalarni bajarishda differensiyalashgan yondoshuvning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, differensiya (ya’ni yakka holdagi yondoshuv) talaba shaxsini chuqurroq o‘rganishga, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Talaba shaxsi chuqurroq o‘rganilgandan keyingina unga mos bo‘lgan metodlar tanlab olinishi maqsadga muvofiq. Barcha talabalar uchun umumiy metodlar qo‘llash ta’limni ko‘r-ko‘rona olib borish bilan barobar va bu holda ta’limning samarasini juda past darajaga ega bo‘ladi. Ta’limni differensiyalash muammosi hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda ma’lum darajada o‘z yechimini topmoqda va aytish kerakki, bu yechimlar ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritishga yordam bermoqda.
Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o‘quvchi bilmaslikdan bilishga, noto‘ǵri va noaniq bilishdan toboro to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.Bu jarayonda hisiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko‘rish ham bo‘ladi.
Muayyan fan va hodisalar ob’ektiv dunyoni bilish jarayonidan o‘rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o‘zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
Ta’lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi tegishli ko‘nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo‘l yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari har ikkala faoliyatning ya’ni pedagog va talaba tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko‘ra ta’lim qoidalari o‘qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘ǵri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malaka xosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yiǵindisiga aytiladi.
Keyingi yillarda ta’lim qoidalarini o‘rganish ularni tahlil qilish va mukammallashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ta’lim qoidalarini sistemalashtirish masalasi ham doimo faol masala bo‘lib kelgan.
Bugungi kunda pedagogika fani quyidagi ta’lim tamoyillarini ajratib ko‘rsatmoqda:
1. Ta’limning ilmiy bo‘lishi;
2. Ta’lim va tarbiyaning birligi;
3. Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi;
4. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan boǵliq bo‘lishini taminlash;
5. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish;
6. Ta’lim jarayonining ko‘rsatmali va ko‘rgazmali bwlishi;
7. Bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish;
8. Ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish;
9. Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
Ilmiy bilimlar haqqoniy voqelikni inson ongida aks etishidir. Tevarak-atrofni o‘rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning xosalarini va ularning o‘zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilim ilmiy bilimlar hisoblanadi. Ilmiy bilimlar tajribalar, tekshirishlar, tahlil qilish, isbotlash kabilarni talab etadi. Insoniyat ilmiy bilimlarini kengaytirib borgan sari haqiqiy voqelikka malum darajada yaqinlashib boradi. Ilmiy jihatdan isbotlanmagan bilimlar ham mavjud va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi va chuqurroq o‘rganishi kerak bo‘ladi. Ta’lim jarayonida biz talabalarga isbotlab bo‘lingan, aniqlangan va amaliyotda tekshirib ko‘rilgan bilimlarni yetkazishimiz lozim.Ta’limning ilmiyligi talabaning o‘quv materiallaridagi qonuniyatlarini aks ettirish, tushunish va o‘zlashtirishi uchun to‘ǵri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
Ta’lim va tarbiyaning o‘zaro boǵliqligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Har qanday bilim ma’lum tarbiyaviy ta’sirga ega va har qanday tarbiyaviy tadbir o‘zida bilim asosini aks ettiradi. Bu hayotiy qonuniyat bo‘lib biz ta’lim jarayonida uni hisobga olishimiz lozim.
Ta’lim–tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘ǵri tashkil qilish va o‘qitishning xilma-xil metod va uslublaridan foydalana olishga ko‘p jihatdan boǵliq. Ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan o‘quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham ǵoyaviy jihatdan to‘ǵri tashkil qilinishi;
b) o‘qitilayotgan mavzunining ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib borilishi, ta’lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilish;
v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o‘zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta’limda muammoli jarayonini vujudga keltirish, talabalarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborining kuchaytirilishi;
d) ta’lim jarayonida talabalarning uyushqoqligini, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o‘zaro yordam hislarini tarbiyalashni ta’minlash zarur.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin