«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə113/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim – kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o‘zini o‘zicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (o‘rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi.
Texnokratik paradigma sharoitida o‘quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha – yo‘q», «biladi – bilmaydi», «tarbiyali – tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma’lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi.
Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli», «yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funktsiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.
Nazorat uchun savollar:
Didaktika nimani o‘rganadi?

  1. Mazkur sohaning ob’yekti va predmetini izohlang.

  2. Didaktikaning asosiy kategoriyalarini sanab bering.

  3. Ta’lim qonuniyatlari deganda nimani tushunasiz?

  4. Ta’limning qanday umumiy qonuniyatlari mavjud?

  5. Ta’limning xususiy qonuniyatlariga nimalar kiradi?

  6. Zamonaviy ta’lim paradigmalariga nimalar kiradi?

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin