“FSMU” metodi munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozara o‘tkazishda yoki o‘quv reja asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu metod tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga, shu bilan qatorda ta’lim oluvchilarni, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarni tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
Ushbu metod tinglovchilarga o‘z fikrlarini aniq, qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Mashg‘ulotda avval har bir tinglovchi yakka tartibda berilgan vazifani bajaradi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib boradi va dars oxirida jamoa bo‘lib ishlaydilar.
Har bir tinglovchiga FSMU metodining 4-bosqichi yozilgan varaqalar tarqatiladi:
F- fikringizni bayon eting
S- fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M- ko‘rsatilgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U- fikringizni umumlashtiring.
Tinglovchilar yakka tartibda topshiriqni bajaradilar. So‘ngra kichik guruhlar shakllantirilib, kichik guruhda har bir ta’lim oluvchi o‘zining yozgan javobini o‘qib tanishtiradi, so‘ngra guruh azolari birgalashib muhokama qilib umumiy javoblarini yozadilar va uni himoya qiladilar.
“Tushunchalar tahlili” metodi
“Tushunchalar tahlili” metodi mazkur metod ta’lim oluvchilarni mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo‘yicha dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
Ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
Ishtirokchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar,
Tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda);
Ishtirokchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga yetgach berilgan tushunchalarning to‘g‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
Har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.