«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə135/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Pedagogik qobiliyatlar – ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar va o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda zaruriy shakl, metod va vositalarni samarali qo‘llay olishdir.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda uch katta guruhga bo‘lish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.
Shaxsiy qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:

  • ta’lim oluvchilarga ijobiy yo‘nalganlik – ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga, muloqot qilishga intilish, ularga nisbatan do‘stona munosabat, xayrixohlik;

  • vazminlik, o‘z hisiyotlarini nazorat qila olishi – har qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik. Lekin vaziyat talab qilganda o‘qituvchi zaruriy tarzda o‘z hisiyotlarini namoyish qiladi (quvonch, qayg‘u, g‘azab). Lekin vazminlik befarqlikka aylanib ketmasligi kerak;

  • o‘z psixik holati, kayfiyatini boshqara olish – o‘qituvchi hayotida, faoliyatida har qanday noxush holat ro‘y bergan bo‘lsa ham o‘zini tetik tutishi kerak.

Didaktik qobiliyatlar sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:

  • tushuntirish qobiliyati – o‘rganilayotgan materialni ta’lim oluvchilar uchun tushunarli qilib etkazish, buning uchun o‘qituvchi ta’lim oluvchilar uchun yangi bo‘lgan materialni “ularning ko‘zlari bilan ko‘ra bilishi kerak”;

  • akademik qobiliyat – o‘z fanini, sohasini chuqur bilishi, umumiy va ilmiy dunyoqarashning kengligi;

  • nutq qobiliyati – o‘z fikrlari, histuyg‘ularini tushunarli qilib ifoda etishi, muloqotning noverbal vositalari: mimika va pantomimikalardan o‘rinli foydalana olishi.

Bunda suhbat predmetini bilish, etkazayotgan ma’lumotlariga nisbatan ishonch, nutqni “og‘irlashtiruvchi” tuzilmalardan foydalanmaslik, qo‘llanilayotgan atama va tushunchalarga izoh berish, nutq tezligi va ovoz balandligi nazarda tutiladi.
Tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

  • tashkilotchilik qobiliyati – o‘quvchilar jamoasini tashkillay olish va o‘z faoliyatini tashkillay olish;

  • rejalashtirish, nazorat qilish;

  • kommunikativ qobiliyat – o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda muloqotni to‘g‘ri tashkillash;

  • pedagogik kuzatuvchanlik – o‘quvchining ko‘rinishidan undagi ichki kechinmalar, kayfiyatini bilib olish, sezgirlik;

  • pedagogik takt – ta’lim oluvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda aniq vaziyatdan, ta’lim oluvchi shaxsi xususiyatlaridan kelib chiqish va uning nafsoniyatiga tegmaslik;

  • suggestiv qobiliyat – ta’lim oluvchiga emotsional-irodaviy ta’sir o‘tkazish, talab qo‘yish va talabning bajarilishini qat’iy nazorat qilish (bir tomondan qo‘rqitishsiz, qistovsiz – boshqa tomondan bo‘shlik qilmasdan);

  • pedagogik prognoz – o‘z harakatlari natijasini, shaxsida bo‘lib o‘tadigan o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish;

  • diqqatni to‘g‘ri taqsimlay olish – bir paytning o‘zida bir necha faoliyatni olib borish: materialni bayon qilish, o‘z fikrlarini kuzatib borish, berilayotgan savollarga javob berish, ta’lim oluvchilar jamoasi hulqini nazorat qilib turish.

Pedagogik madaniyatning mufasal tavsifi L.D.Stolyarenko tomonidan quyidagicha ochib berilgan: “Pedagogik madaniyat – bu umuminsoniy madaniyatning bir bo‘lagi bo‘lib, unda eng avvalo, avlodlar almashinuvi va shaxsning ijtimoiylashuvi kabi tarixiy jarayon uchun xizmat qilishda insoniyat uchun zarur bo‘lgan ma’naviy va moddiy qadriyatlar aks etgan”.
O‘qituvchining pedagogik madaniyati quyidagi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud bo‘lishini taqozo etadi:

  1. shaxsga yo‘nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik tuyg‘usining mavjudligi;

  2. kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik;

  3. pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik tuyg‘usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o‘z pedagogik faoliyatidan qoniqish hisi, uni hayotining mazmuniga aylantira olish;

  4. qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning va ma’naviy ehtiyojlarning ko‘pqirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning mavjud bo‘lishi, tashqi ko‘rinish va nutq madaniyati.


Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin