Ta’lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’yektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi.
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi;
jamiyatning talablari va imkoniyatlari;
pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda aniqlashtiriladi;
ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari;