Nazorat uchun savollar 1. Boshqarish deb nimaga aytiladi?
2. Ta’lim muasasasini boshqarish va menejment tushunchalarini izohlang.
3. Boshqaruv funktsiyasi deganda nima tushuniladi?
4. Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat?
5. Ta’lim muasasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi?
6. Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.
3. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.
4. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.
5. Hikmatnoma
8-mavzu: Korrektsion pedagogika
Tayanch tushunchalar: korrektsiya, korrektsion pedagogika, korrektsion pedagogika sohalari, anomaliya, korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya – yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi.
Korrektsion pedagogikaning quyidagi sohalari mavjud: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
rivojlanishida turli kamchiliklar bo‘lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.