Pedagogik Kengash – ta’lim muasasasasining boshqaruv organi. Ta’lim muasasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muasasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o‘stirish maqsadida pedagogik хodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muasasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
ta’lim muasasasining tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o‘tkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi; ta’lim muasasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan
holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi; ta’lim muasasasida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi; ta’lim muasasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha
yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqadi; pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil
qiladi va yakuniy хulosa chiqaradi; ta’lim muasasasi pedagogik jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega:
ta’lim muasasasini rivojlantirish yo‘nalishlarini istiqbol rejasini belgilash;
pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy
tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berish; o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo‘yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o‘tkazish shakli va vaqtini belgilash;
ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko‘chirish va bituvchilarni yakuniy attestasiyaga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilish;
ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muasasasini rivojlantirishga doir masalalar bo‘yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;
ta’lim maqsadiga muvofiq holda o‘quvchilarni rag‘batlantirish va
jazolash bo‘yicha masalalarni hal etish; chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir хulosalar chiqarish;
ta’lim-tarbiya jarayonida alohida хizmat ko‘rsatgan ta’lim
muasasasi хodimlarini rag‘batlantirishga tavsiya qilish;
yakuniy attestasiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga
o‘rnatilgan tartibda hujjatlar berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Pedagogik Kengash yig‘ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim muasasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o‘z akini topadi: ish rejasi, kengash bayonnomasi yoziladigan muhrlangan daftar, kengash materiallari, hisobot.
Ta’lim muasasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muasasasida saqlanadi.