«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova


Ta’lim muasasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə197/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Ta’lim muasasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari.
Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o‘qituvchilarning g‘oyaviynazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog‘liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muasasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi.
Metodik Kengash ta’lim muasasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo‘lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o‘rganadi, ta’lim muasasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;

  • ta’lim muasasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;

  • yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;

  • ta’lim muasasasi o‘quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;

  • o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;

  • o‘qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo‘limlari mazmuni bo‘yicha tavsiyalar beradi;

  • ta’lim muasasasi ta’lim jarayonida qo‘llashi uchun ilg‘or pedagogik teхnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;

  • o‘qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;

  • davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;

  • tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

  • o‘quv jarayoniga o‘qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv seminarlarini tashkil qilish;

  • ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko‘rsatmalar berib borish; o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko‘rsatmalar berish;

  • yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;

  • o‘qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qilish;

  • pedagogik хodimlarning attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha materiallarni tayyorlash;

  • ta’lim muasasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo‘yicha darsdan tashqari (fakultativ, to‘garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish.

Metodika Kengashi yig‘ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari ta’lim muasasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi: ish rejasi, Kengash yig‘ilishi bayonnomasi, Kengash tomonidan tahlil qilingan materiallar, Ekspert qilingan materiallar va ishlab chiqilgan metodik ishlar, yillik hisobot.
Metodika birlashmalari va ularning faoliyatini tashkil etish. Ta’lim muasasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumlari bo‘yicha Metodika birlashmalari faoliyat ko‘rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o‘qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo‘yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o‘zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg‘unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Metodika birlashmalari o‘zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

  • fanlar bo‘yicha taqvimiy, mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;

  • oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;

  • ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;

  • tegishli yo‘nalish yoki fan bo‘yicha ta’lim muasasasida metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

  • darslarni o‘zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish;

  • va mutaхasislarga amaliy yordam berish;

  • ta’lim metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;

  • yosh mutaхasislarga metodik yordam berish;

  • ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni berish;

  • fan хonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitta, V-XI sinflarda esa o‘quv rejasidagi alohida fanlar bo‘yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar,
Metodika birlashmasiga ta’lim muasasasi Pedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan ta’lim muasasasi direktorining buyrug‘i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlar asosida tartibga solinadi: ish rejasi, Birlashma a’zolari haqidagi ma’lumotlar, Birlashma faoliyatiga aloqador bo‘lgan o‘quv-metodik hujjatlar, Birlashma yig‘ilishi bayonnomalari, hisobotlar.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o‘qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. Shunga ko‘ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag‘batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas, umumiy o‘rta ta’lim muasasalarining rahbarlari ham хabardor bo‘lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllari quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: ta’lim muasasasi doirasida malaka oshirish va ta’lim muasasasidan tashqarida malaka oshirish.
Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash. Yosh o‘qituvchilarning har tomonlama etuk mutaхasis bo‘lib etishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o‘qituvchi ta’lim muasasasiga ishga keldi deylik: uni o‘quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?
To‘g‘ri, oliy o‘quv yurtida u yaхshi nazariy bilimlarga ega bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o‘tib keladi. Biroq u oliy o‘quv yurtini tamomlashi bilan o‘qituvchi degan nomga ega bo‘ladi. Tabiiyki, unda o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi yetarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o‘qituvchiga хarakteri turlicha bo‘lgan o‘quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o‘z o‘quvchilarining qobiliyat darajasi, o‘zlashtirishdan ortda qolayotgan o‘quvchilar shaхsini o‘rganishda ularning har biri o‘ziga хos хotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo‘lishlarini hisobga olmaganligi sababli o‘quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga solish imkoniyatini qo‘ldan boy beradi. Yosh o‘qituvchining eng katta хatosi, u o‘zini bilimi sayoz o‘quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada o‘zlashtirishi past o‘quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta’lim jarayonida tartibsiz kechadi.
Yosh o‘qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo‘g‘in – bu ular bilan bevosita ishlashni yo‘lga qo‘yishdir. Ularga ma’ruzalar o‘qish, nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta’lim muasasasida yetarli ma’lumotlarni oladilar. Yosh o‘qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin: barcha yosh o‘qituvchilarni jalb etish orqali; ogohlantirish orqali har bir o‘qituvchining darsini kuzatish yo‘li bilan; yosh o‘qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.



Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin