«Tasdiqlayman» Pedagogik markaz direktori F. A. Saxibova



Yüklə 5,71 Mb.
səhifə194/217
tarix14.07.2023
ölçüsü5,71 Mb.
#136528
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   217
pechat uchun Umumiy pedagogika

Nazorat uchun savollar
1. Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan?
2. Ta’limni tashkil etishning individual tizimiga izoh bering.
3. Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon bo‘ladi?
4. Ma’ruza-seminar tizimining o‘ziga xosligini izohlang.
5. Dars deb nimaga aytiladi?
6. Darsning qanday turlari mavjud?
7. Darsga qo‘yiladigan talablarni tushuntirib bering.
8. O‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rishi qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
9. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi?


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.


7-mavzu: Ta’lim muasasasi menejmenti

(2 soat seminar)

Reja:

  1. Ta’lim muasasasini boshqarish.

  2. Boshqarish funktsiyalari.

  3. Nazorat-tashхis funktsiyasi.

  4. Pedagogik Kengash – ta’lim muasasasasining boshqaruv organi

  5. Ta’lim muasasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari.


Tayanch tushunchalar: boshqarish, menejment, boshqaruv funktsiyalari, boshqaruv metodlari, Pedagogik Kengash, Metodika Kengashi, Metodika birlashmasi, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish, metodik xizmat ko‘rsatish, yosh o‘qituvchilar bilan ishlash, boshqaruv uslublari.
Ta’lim muasasasini boshqarish. Boshqarish ma’lum bir ob’yektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko‘rsatish demakdir.
Ta’lim muasasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.
Ta’lim muasasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muasasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Menejment mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir.
Olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
– ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga ega;
– ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);
– menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;
– ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi – ta’lim muasasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda otaonalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muasasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.

Yüklə 5,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin