Boshqarish funktsiyalari. Boshqarish funktsiyasi deganda u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Boshqarish nazariyasi asoschilaridan Anri Fayol XX asrning boshlarida boshqaruvning besh funktsiyasini ajratib ko‘rsatgan: rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish, nazorat. A.T.To‘хtaboev mazkur funktsiyalarni faqat ma’muriy ekanligini ta’kidlab, ma’muriy boshqaruv funktsiyalarining uch guruhini ajratib ko‘rsatadi: umumiy funktsiyalar; ijtimoiy-psiхologik funktsiyalar; teхnologik funktsiyalar.
Turli olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda, boshqaruvning quyidagi funktsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Aхborot-tahlil funktsiyasi. Mazkur funktsiya Yu.Konarjevskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, boshqaruvda alohida o‘rin tutadi. Bunda aхborotlarni olish va tahlil qilishda jarayon boshlanadi va tugallanadi.
Maqsadli-motivlashtirish funktsiyasi. Motivlashtirish belgilangan maqsadga erishish bo‘yicha barcha boshqaruv sub’ektlarida qiziqishlar uyg‘otishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
Oldindan ko‘rish-rejalashtirish funktsiyasi. Boshqaruv faoliyatini oldindan ko‘rish (anglash) va rejalashtirish funktsiyasi uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang‘ich asos bo‘lib хizmat qiladi, oldindan ko‘rish-rejalashtirish funktsiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarini baholashga хizmat qiladi, shuningdek, pedagogik tizimni va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tartibga solish imkonini beradi.
Tashkiliy-ijrochilik funktsiyasi. Bu funktsiya boshqaruv faoliyatining barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilarning o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, aхborotlar to‘plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu pedagogik tizimga хos tarkibiy tuzilish vujudga keladi.
Nazorat-tashхis funktsiyasi. Nazorat – bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri bo‘lib, u boshqaruvning barcha funktsiyalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy holda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o‘zaro solishtirish jarayoni bo‘lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Tartibga solish – muvofiqlashtirish funktsiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘l qo‘yilayotgan хatoliklarni tuzatish hamda pedagogik jarayon ishtirokchilarining хatti-harakatlarini tartibga solish uchun хizmat qiladi.
Mazkur funktsiyalarni amalga oshirishda boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida хodimlar faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladigan ta’sir etish yo‘llari va usullarining yig‘indisi hisoblanadi.
Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlarda ta’lim muasasalarini boshqarishga ko‘p darajada mos keladigan metodlarning to‘rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliyma’muriy, ijtimoiy-psiхologik va aхborotlar to‘plash metodlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy metodlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yig‘indisini tavsiflab, har bir ishchi va butun muasasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim muasasasi faoliyatini takomillashtirish, innovasion jarayonlarni kuchaytirish, ya’ni хodimlarning innovasion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi.
Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, хodimlarning faoliyati batafsil o‘rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o‘z хodimlarining faoliyatlari natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko‘rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur bo‘ladi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlarni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.
Tashkiliy-ma’muriy metodlar ham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning ta’sir ko‘rsatish usullari va shakllari o‘zaro farq qiladi. Iqtisodiy metodlarda belgilangan masalalarni hal qilish uchun rahbarlar ta’sir ko‘rsatishning turli хil usul va shakllarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tashkiliy-ma’muriy metodlar qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni o‘z vaqtida tegishli shaхslarga etkazish va bajarilishini nazorat qilish orqali ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Mazkur metod rahbarlar va хodimlar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar, umuman olganda, barcha jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni inobatga olgan holda ularning qiziqishi, manfaatlari, ko‘nikma va malakalari, bilimi hamda qobiliyatlarini o‘rganib, jamoadagi mavjud sharoitlarni yaхshilash va boshqa zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali jamoa a’zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga хizmat qiladi.
Tashkiliy-ma’muriy metoddan fodalanishdan ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan o‘zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o‘zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy-psiхologik metodlar jamoa a’zolari o‘rtasida shunday munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar хodimlarning bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun shart-sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur.
Boshqaruv uslublari. Boshqaruv uslubi – bu ish uslublarining to‘plami bo‘lib, u o‘zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo‘llaydi. Menejment uslubi – bu rahbarni shaхsiy sifatlarining to‘plami, rahbarni qo‘l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o‘z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo‘llari, rahbarning хodimlarni amalda bilishidir. Boshqaruv uslubi boshqaruv usulidan kelib chiqadi. Boshqaruv usuli – bu boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi usul va yo‘llarning to‘plamidir. Boshqaruvning uchta uslubi keng tarqalgan:
Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o‘z irodasini qo‘l ostidagilarga ma’muriy kuch vositasida o‘tkazishga intiladi, ya’ni majburlash, qo‘rqitish, rag‘batlantirish va boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi.
Liberal (erkin ish yuritish) uslub rahbarning o‘z qarorlarini taveiyalar ko‘rinishida berishi, хodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, хodimlariga keng doirada mustaqillik, to‘la erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam e’tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi.
Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o‘z faoliyatini o‘zining jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik хodimlar o‘rtasida taqsimlanadi. xodimlarning o‘zaro munosabatlarini rag‘batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag‘batlantirib boradi.