Nazorat uchun savollar 1. Korrektsion pedagogika fani nimani o‘rganadi?
2. Korrektsion pedagogika fani yana qanday nomlar bilan ataladi?
3. Korrektsion pedagogikaning qanday sohalari mavjud?
4. Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
5. Korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
2. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
9-mavzu: G‘arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikr taraqqiyoti
(2 soat seminar)
Reja
G‘arbiy Yevropada maktab va maoriflar faoliyati.
Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi
YAn Amos Komenskiy, Iogann Genrix Pestalotsi, Iogann Gerbartlarning pedagogik qarashlari
Tayanch iboralar: pedagogik tadqiqotlar, ta’limni tabaqalashtirish ta’lim tizimi, ta’lim turlari, ta’lim shakllari, taraqqiyot, ritsar tarbiyasi, rivojlanish, tarix.
G‘arbiy Yevropa ta’lim tizimi. Yevropada pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muasasalar birgina Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Frantsiya, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan xamkorlikda yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish ta’lim oluvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. “Yangi dunyo”ning pedagogik g‘oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etdi.
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv Dasturlari ham amalga oshirildi. Bu o‘quv dasturi tobora tuliqsiz o‘rta maktab doirasidan chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmokda.
Frantsiya boshlang‘ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografn, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat, ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi. Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika ta’limi yo‘lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida bir qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o‘quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rganish ham kiritilgan.
SHuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba’zi hollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o‘qitiladi. O‘quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo‘la boshladi. Frantsiyada 70-80-yillarda to‘liqsiz o‘rta maktablar o‘quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o‘quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshirishdi. Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqa-lashtirish muammolarini keltirib chiqardi. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. Ta’lim oluvchilarni tabaqalashtirib o‘qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang‘ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf ta’lim oluvchilarini uch tabaqaga ajratib o‘qitishnn afzal ko‘radilar.
Bular quyidagilar :
1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yo‘nalishda ish olib borsa bo‘ladigan ta’lim oluvchilar.
2. Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o‘zlashtira olishga moyil ta’lim oluvchilar.
3. Gegeron — barcha predmetlarni har xil saviyada o‘zlashtiradigan ta’lim oluvchilar.
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muhim yo‘nalishi to‘ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo‘lib qolmokda.
O‘quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo‘yicha chet mamlakatlarining ko‘pchiliida tadqiqotlar davom ettirilmoqda. Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. Keyingi davrlarda o‘z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko‘plab topilmokda. Ular o‘quvni jud erta boshlab ta’lim kurslarini o‘zlashtirishda katta shov - shuvlarga sabab bo‘ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar. SHunday iqtidorlar maktabi G‘arbda 60 - yillardayoq paydo bo‘lgan edi. Bunday maktablarning o‘quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to‘la ro‘yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan. Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQSHda keng quloch yoygan. Ayrim shaharlarda qobiliyatli bolalar bog‘chalari ochilgan bo‘lib, ularda 4-5 yoshli ta’lim oluvchilarmaktab dasturida o‘qitiladilar. AQSHda “Merit” dasturi asosida har yil yuqori sinflar va kollejlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular o‘rtasida test sinovlari o‘tkazilib eng qobiliyatli 35 ming ta’lim oluvchi tanlab olinadi va o‘qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart - sharoitga ega bo‘lgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi. Lekin iqtidorli bolalarga qarama - qarshi qutbda turgan aqli zaif ta’lim oluvchilarning taqdiri ham xorijlik hamkasblarnitobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib chiqish sabablarini o‘rganish, oldini olish bo‘yicha ko‘pgina profilaktik ishlar olibborilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda.
Germaniya maktablarida sinfda ta’lim oluvchilar sonini qisqartirish sari yo‘l tutilgan. Bunday ta’lim oluvchilarni – har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni ta’lim oluvchi mustaqil bajaradi, lozim bo‘lganda u pedagogdan konsultatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘zda tutilgan maqsadlari :
ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo‘llarini qidirib topish.
tarbiyaning yangi formalarida - ta’lim oluvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o‘yinlardan foydalanish.
maktab o‘quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o‘zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish.
maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini kayta tashkil etish. - tabaqalashtirib o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, maxsus o‘quv muasasalarini (ham talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif ta’lim oluvchilar uchun) rivojlantirish.
yangi, ya’ni o‘quv texnik vositalarini ta’limdagi salmoqni oshirish, pedagoglar korpusida kompyuter ta’limini yo‘lga qo‘yish.
pedagogik g‘oyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
CHet el ta’limidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida qo‘llash Resublikamizda ta’lim—tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.
Insoniyat jamiyatining hozirgi zamon rivojlanish darajasi mustaqil respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarda o‘z aksini topmoqda.