Tadqiqotning dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Samarqand davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining № SPed-01 raqamli “Uzluksiz ta’limni rivojlantirish-ning zamonaviy strategiyalari” doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadio‘qituvchilar malakasini oshirishni masofaviy tashkil etishda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishga oid amaliy-didaktik usullarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
virtual texnologiyalari sohasidagi informatsion kompetentlilikning tavsifiy mohiyatini aniqlashtirish;
o‘qituvchilar virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligining komponentlari mazmunini va ularning shakllanish darajalarini tavsiflash;
o‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishda masofaviy ta’lim imkoniyatlarini ochib berish;
masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentlilikni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish.
Tadqiqotning obyektisifatida o‘qituvchilarni virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirish jarayoni belgilangan.
Tadqiqotning predmeti – o‘qituvchilarning masofaviy ta’lim jarayonida virtual texnologiyalari sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqotning usullari.Tadqiqot davomida muammoga doir falsafiy, psixologik-pedagogik, metodik adabiyotlarni, elektron o‘quv manbalarini o‘rganish va nazariy tahlili; bo‘lajak o‘qituvchilarni metodik tayyorlash, o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalarining tahlili; so‘rovnoma va test; sinov; suhbat; kuzatish; elektron ta’lim kontentini ekspertizadan o‘tkazish; matematik-statistik tahlil kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.