Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishda masofaviy ta’lim imkoniyatlari ta’lim resurslari hamda o‘quv materiallarini taqdim etishning tarmoq hamkorligiga asoslangan shakllariga ko‘ra didaktik shartlarga yo‘naltirilgan tayanch kompetensiyalari matrisasini (mazmun komponentlari, tashxislanadigan ko‘rsatgichlar) tuzish asosida aniqlashtirilgan;
virtual-integratsiyalashgan ta’lim muhitida o‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirishning didaktik modeli ta’limni faol axborotlashtirish sharoitida pedagogik faoliyatga oid kompetensiyalarning keng spektrga ega ekanligi sababli o‘qituvchilarning samarali kasbiy rivojlanishiga imkon beruvchi shakl, usul va vositalardan iborat metodik tizimning tashkiliy komponentlarini (texnologik ta’minot, o‘quv faoliyati shakllari, kontent mazmuni, web-portfolioni kuzatish) belgilash asosida asosida ishlab chiqilgan;
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining integratsiyalashgan axborot ta’lim muhiti tuzilmasi virtual metodik birlashma ishining kasbiy muhokama, maslahat, jamoaviy yordamlar, birgalikda ta’lim faoliyati, qo‘llab-quvvatlash, ta’lim monitoringi kabi asosiy funksiyalari asosida takomillashtirilgan;
integratsiya sharoitida metodik tayyorgarlikni modernizatsiyalash yo‘nalishlari mazmuni tajribalarini o‘rganish, o‘zlashtirish, tashkil etish, natijalarni taqdim etish, pedagogik yechim va tahlil komponentlariga ko‘ra ta’limiy maqsad, metodik tayyorgarlik bosqichlari, axborot almashinuv jarayoni ishtirokchilari, foydalaniladigan texnologiyalar va axborot resurslari, axborot almashinuv shakllariga ko‘ra bosqichlashtirish asosida didaktik tizimi ochib berilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalariquyidagilardan iborat:
o‘qituvchilarning masofaviy ta’lim orqali malakasini oshirishda ma’lumotlarini elektron shaklda almashish, axborot ta’lim resurslarini tarmoqda joylashtirgan holda ularga taqdim etish, foydalanishni tashkil etishning pedagogik yo‘llari ishlab chiqilgan;
virtual ta’lim muhitida o‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirishning didaktik modeli ishlab chiqilgan;
malaka oshirish jarayonida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirish maqsadida elektron qo‘llanma http://aktkom.uz/ manziliga joylashtirilib, videodarslar bilan tanishish imkoniyati yaratildi;
o‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantiruvchi elektron qo‘llanma yaratilgan, ulardan hozirgi vaqtda amaliyotda bevosita foydalanilmoqda.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi psixologik-pedagogik va metodik fanlar tahlil etilganligi; tadqiqot metodikasining majmuaviy tavsiflanganligi; o‘rganish maqsadlari, vazifalari va shartlariga mos keladigan tajriba-sinov ishlarining mantiqan asoslanganligi; qayd etuvchi va shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari natijalarining obyektivligi; tajriba-sinov ishlari natijasida olingan ma’lumotlarning namunaviy o‘lchamlari va ahamiyatli yutuqlari bilan izohlanadi.