Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, u kasbiy pedagogik ta’lim nazariyasi va didaktikasiga ma’lum bir ma’noda hissa qo‘shadi. U o‘qituvchining virtual texnologiyalari sohasidagi informatsion kompetentliligining integratsion-kasbiy-shaxsiy harakteristikasi sifatida mohiyatiga hamda uning tayyorligi, kasbiy faoliyatida AKTdan mustaqil foydalanish qobiliyatiga aniqlik kiritgan; o‘qituvchini virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligining komponentlari va ularning shakllanish darajasi aniqlangan hamda pedagogika sohasiga doir nazariy tahlillar davomida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, “O‘qituvchilar faoliyatida virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini shakllantirish” modulli masofaviy o‘qitish kursi ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilgan. Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va AKT kompetentliligini baholash uchun tashxislash materiallari tayyorlandi. Taklif etilayotgan didaktik-metodik yondashuvlar oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ixtisosliklari talabalarini tayyorlashda ham qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan birga, “O‘qituvchilar faoliyatida virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini shakllantirish” modulli masofaviy o‘qitish kursidan ta’lim sifatini oshirish jarayonida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.O‘qituvchilar faoliyatida virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘qituvchilarning virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishda masofaviy ta’lim imkoniyatlari ta’lim resurslari hamda o‘quv materiallarini taqdim etishning tarmoq hamkorligiga asoslangan shakllariga ko‘ra didaktik shartlarga yo‘naltirilgan tayanch kompetensiyalari matrisasini (mazmun komponentlari, tashxislanadigan ko‘rsatgichlar) tuzish asosida kengaytirilgan takliflardan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘ison filialining I-XT-0-19929-“Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 7-apreldagi 02-07-962/04-son ma’lumotnomasi). Natijada virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentlikning tavsifiy mohiyatini aniqlashtirish imkoni yaratilgan;
virtual-integratsiyalashgan ta’lim muhitida o‘qituvchilar kasbiy malakasini oshirishning didaktik modeli ta’limni faol axborotlashtirish sharoitida pedagogik faoliyatga oid kompetensiyalarning keng spektrga ega ekanligi sababli o‘qituvchilarning samarali kasbiy rivojlanishiga imkon beruvchi shakl, usul va vositalardan iborat metodik tizimning tashkiliy komponentlarini (texnologik ta’minot, o‘quv faoliyati shakllari, kontent mazmuni, web-portfolioni kuzatish) belgilash asosida takomillashtirilgan takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 7-apreldagi 02-07-962/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligining komponentlarimazmunini va ularning shakllanish darajalarini tavsiflashga erishilgan;
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining integratsiyalashgan axborot ta’lim muhiti tuzilmasi virtual metodik birlashma ishining asosiy funksiyalarini (kasbiy muhokama, maslahat, jamoaviy yordamlar, birgalikda ta’lim faoliyati, qo‘llab-quvvatlash, ta’lim monitoringi) tasniflash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan I-XT-0-19929–“Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 apreldagi 02-07-962/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishda masofaviy ta’lim imkoniyatlarini ochib berishga erishilgan;
integratsiya sharoitida metodik tayyorgarlikni modernizatsiyalash yo‘nalishlari mazmuni tajribalarini o‘rganish, o‘zlashtirish, tashkil etish, natijalarini taqdim etish, pedagogik yechim va tahlil komponentlariga ko‘ra ta’limiy maqsad, metodik tayyorgarlik bosqichlari, axborot almashinuv jarayoni ishtirokchilari, foydalaniladigan texnologiyalar va axborot resurslari, axborot almashinuv shakllariga ko‘ra bosqichlashtirish asosida ochib berishga oid tavsiyalar Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519 raqamli “Kompyuter immitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni web-ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 7-apreldagi 02-07-962/04-son ma’lumotnomasi). Natijada masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarda virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion kompetentliligini rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.