Maqsad: 1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskal tilida ishlatiladigan miqdorlarning turlari, ularni nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumot berish
2) tarbiyaviy: o`quvchilrga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda Pskal dasturlash tilidan foydalanish ko`nikmalarni rivojlantirish.
1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi;
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi Axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;
DTS: Paskal tilida ishlatiladigan miqdorlarning turlari, ularni nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Darsning borishi I. Tashkiliy davr II. Takrorlash Paskal dasturlash tilining alifbosi haqida so‘zlab bering.
Paskal dasturlash tilida ishlatiladigan arifmetik va mantiqiy amallarni izohlang.
Operator nima?
Paskalda dastur qanday qismlardan tashkil topadi?
Dasturning tavsiflash qismi haqida ma’lumot bering.
III. Yangi mavzuni o`rganish Paskal tilida, asosan, uch xil: o‘zgarmas, o‘zgaruvchi va jadval ko‘rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
O’zgarmas miqdorlar.