Const A=21071963; _m10m10=‘2301‘; Pi=3.141516;
O‘zgaruvchi miqdorlar. O‘zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta tavsiflanishi, yani ularning turi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Dasturda o‘zgaruvchilarni tavsiflash Paskalning Var xizmatchi so‘zi bilan boshlanadi:
Var o‘zgaruvchi : turi; o‘zgaruvchi : turi; Agar bir nechta o‘zgaruvchining turi bir xil bo‘lsa, ularni alohida tavsiflamasdan, birgalikda tavsiflash ham mumkin:
Var 1-o‘zgaruvchi, 2-o‘zgaruvchi,…, n-o‘zgaruvchi : turi; Butun sonli qiymatlar qabul qiladigan o‘zgaruvchilar butun sonli o‘zgaruvchilar deyiladi. Ular 5 turga bo‘linib, bir-biridan qabul qiladigan qiymatlarining chegarasi hamda kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi (hajmi) bilan farqlanadi. Quyidagi jadvalda butun sonli o‘zgaruvchilarni tavsiflash uchun zarur bo’lgan Paskalning maxsus so‘zlari, ularga mos qiymatlar chegarasi va egallaydigan xotira hajmi keltirilgan:
Turi
Qiymatlar chegarasi
Egallaydigan xotira hajmi
Byte
0 … 255
8 bit = 1 bayt
ShortInt
-128 … 127
8 bit = 1 bayt
Word
0 … 65 535
16 bit = 2 bayt
Integer
-32 768 … 32 767
16 bit = 2 bayt
LongInt
-2 147 483 648 … 2 147 483 647
32 bit = 4 bayt
Masalan: var i, j: Integer; bma: longint; mmr: Shortint;
tartib_raqam: Byte; nat_0: word;
Butun sonlar ustida div (butun bo’lish) va mod (qoldiq) amallari o’rinli. Masalan:
25 div 4 = 6; 25 mod 4 = 1; 49 div 7 = 7; 49 mod 7 = 0.
Haqiqiy sonli qiymatlar qabul qiladigan o‘zgaruvchilar haqiqiy sonli o‘zgaruvchilar deyiladi. Ularning turlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Turi
Qiymatlar chegarasi
Razryadi
Egallaydigan hotira hajmi
Real
-2,9•1039 … 1,7•1038
11-12
6 bayt
Single
-1,5•1045 … 3,4•1038
7-8
4 bayt
Double
-5,0•10324 … 1,7•10308
15-16
8 bayt
Extended
-3,4•104932 … 1,1•104932
19-20
10 bayt
Comp
-9,2•1018 … 9,2•1018
19-20
8 bayt
Masalan:
var burchak, yoy_uzunligi : Real; mab : extended;
daraja : Single; kub : double; haqiqiy : Comp;
Jadvaldagi “Razryadi” sonning aniq raqamlari sonini bildiradi. Juda ko‘p hollarda real turli o‘zgaruvchilardan foydalanish yetarli bo‘ladi.
Belgili o‘zgarmaslar qiymatini qabul qiluvchi o‘zgaruvchilar belgili o‘zgaruvchilar deyiladi. Ular Paskalning Char maxsus so‘zi yordamida tavsiflanadi. Masalan: var harf, belgi : char;