Satrli o‘zgaruvchilarni tavsiflash uchun Paskalning String maxsus so‘zi qo‘llaniladi. Bunday o‘zgaruvchilar uchun kompyuter xotirasidan 255 bayt (255 ta belgi uchun) joy ajratiladi. Agar satrli o‘zgaruvchi qabul qiladigan satrdagi belgilar soni dastur ishlashi davomida ma’lum miqdordan, masalan, 10 ta belgidan oshmasa, kompyuter xotirasini tejash maqsadida, uni String[10] orqali tavsiflash maqsadga muvofiq. Masalan:
Var qator : String; {qator nomli o‘zgaruvchiga xotiradan 255 bayt ajratildi}
_satr : String[24]; {_satr nomli o‘zgaruvchiga xotiradan 24 bayt ajratildi}
Mantiqiy o‘zgaruvchilar Paskalning Boolean maxsus so‘zi orqali tavsiflanadi. Masalan:
var natija : Boolean;
katta, kichik : Boolean;
Paskalda tilida tuzilgan dasturda faqat tavsiflangan o‘zgaruvchilar ishtirok etishi mumkin. Paskal translyatori tavsiflanmagan o‘zgaruvchilarni dasturda ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi hamda xato xabarini ekranga “Error 3: Unknown identifier” (noma’lum identifikator, ya’ni bu holda noma’lum o‘zgaruvchi) yozuvi orqali ifodalaydi. Shuni yodda tutish zarurki, o‘zgaruvchilarga faqat tavsiflashda ko‘rsatilgan turdagi qiymatlarnigina berish mumkin bo‘ladi.
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Belgili o‘zgarmas deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.
Satrli o‘zgarmaslarning belgili o‘zgarmaslardan farqi nimada?
Sonli o‘zgarmaslarning qanday turlarini bilasiz?
Mantiqiy o‘zgarmaslar qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin?
Qabul qildi : MMIDO` _________S.Egamov Sana:__________________ Mavzu: Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar Maqsad: 1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskal tilida jadval ko`rinishidagi miqdorlarning nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumot berish