Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə154/174
tarix07.01.2024
ölçüsü2,73 Mb.
#205597
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   174
Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

var fmatn : Text; {fmatn – matnli fayl}
Fayllar bilan ishlash uchun Paskalda quyidagi amallarni bajarish lozim:

  1. Fayl turdagi o‘zgaruvchini tashqi xotiradagi fayl bilan bog‘lash;

  2. Faylni “o‘qish” yoki “yozish” uchun ochish;

  3. Fayldagi ma’lumotlarni o‘qish yoki faylga ma’lumotlarni yozish;

  4. Faylni yopish.

Faylli o‘zgaruvchi tashqi xotiradagi fayl bilan Assign(f, ); operatori yordamida bog‘lanadi, bu yerda f – fayl turdagi o‘zgaruvchi; - tashqi xotirada joylashgan faylning nomini ifodalovchi satrli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas. Agar fayl joriy katalogda bo‘lmasa, uning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Masalan, “Navro’z.txt” fayli “D” diskning “Bayram” nomli katalogida joylashgan bo‘lsa, uning to‘liq nomi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
d:\ Bayram \ Navro’z.txt
Ushbu faylni f – faylli o‘zgaruvchi bilan bog‘lash uchun Assign operatori quyidagicha yoziladi:
Assign(f, ‘d:\ Bayram \ Navro’z.txt’);
Assign operatori faylli o‘zgaruvchining qiymatini, ya’ni tashqi xotiradagi aniq bir faylni belgilaydi. Bu faylga murojaat etish (undagi ma’lumotlarni o‘qish, yoki unga ma’lumotlar yozish) uchun uni “ochish” kerak. Matnli faylni bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham yozish uchun ochib bo‘lmaydi. O‘qish uchun ochilgan fayldan ma’lumotlarni faqat o‘qish mumkin. Yozish uchun ochilgan faylga esa ma’lumotlarni faqat yozish mumkin.
Paskalda fayllarni “yozish uchun” quyidagi ikki xil usulda ochish mumkin:

  1. Yangi fayl hosil qilish va uni yozish uchun ochish;

  2. mavjud faylni unga ma’lumotlar kiritishni davom ettirish uchun ochish.

Rewrite(f) operatori tashqi xotirada yangi fayl hosil qiladi va uni yozish uchun ochadi. U Assign operatori yordamida biror fayl bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Masalan, Assign(f, ‘sumalak.txt’); Rewrite(f); operatorlari bajarilgach, joriy katalogda “sumalak.txt” nomli yangi matnli fayl hosil bo‘ladi va unga ma’lumotlar yozish uchun ochiladi. Agar joriy katalogda xuddi shunday nomli fayl avvaldan mavjud bo‘lsa, endi u o‘chib o’rniga yangisi yoziladi.
Faylga kerakli ma’lumotlar yozib bo‘lingandan so‘ng albatta yopilishi kerak. Paskalda ochilgan fayl Close(f) operatori yordamida yopiladi. Bu operator o‘qish uchun ochilgan fayllarni ham yozish uchun ochilgan fayllarni ham yopadi. Tashqi xotiradagi faylli o’zgaruvchiga mos fayl Close operatori ishlatilishidan avval albatta ochilgan bo‘lishi kerak.
Faylga ma’lumotlarni yozish (ma’lumotlarni faylga chiqarish) uchun quyidagi operatorlar qo’llanadi:

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin