Write(f, ); va WriteLn(f, ); bu yerda f – faylli o‘zgaruvchi, o‘zaro vergul bilan ajratilgan bitta yoki bir nechta o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas. Mazkur operatorlar da ko‘rsatilgan o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarning qiymatlarini faylga yozadi.
1–misol. Joriy katalogda “Madhiya.txt” nomli fayl hosil qilib, klaviaturadan kiritilgan madhiyamizning 4 satrini faylning alohida satrlariga yozib qo‘yuvchi dastur tuzing.
Yechish: Kiritilgan ma’lumotlarni faylning alohida satrlariga yozish uchun WriteLn operatoridan foydalanamiz.
Program Madhiya1;
Var _madh : Text; satr : String; m:integer;
Begin
Assign(_madh, ‘Madhiya.txt’); Rewrite(_madh);
For m:=1 to 4 do begin
Write(‘Madhiyamizning ‘, m, ‘satrini kiriting: ‘); ReadLn(satr);
WriteLn(_madh, satr); end;
Close(_madh);
End.
Biz tashqi xotirada yangi fayl hosil qilishni ko‘rdik. Ba’zan tashqi xotirada saqlanayotgan biror matnli faylni davom ettirish, ya’ni, unga yangi ma’lumotlar qo‘shish zarur bo‘lib qoladi. Bu holda Rewrite operatori o‘rniga Append(f) operatori qo’llanadi. Bu operator ko‘rsatilgan tashqi xotiradagi faylni “yozish uchun” ochadi. Ko‘rsatilgan fayl tashqi xotirada bo‘lmasa, xatolik yuz beradi. Demak, Append operatori yordamida ochilishi lozim bo‘lgan fayl tashqi xotirada albatta bo‘lishi shart.
2–misol. 1-misolda hosil qilingan “Madhiya.txt” faylini oching va madhiyamizning 4 satri davomiga naqoratni qo‘shib qo‘yuvchi dastur tuzing.
Yechish: Faylni davom ettirish uchun uni Append operatori bilan ochamiz.
Program Madhiya2;
Var f : Text; naqorat: String; m:integer;
Begin
Assign(f, ‘Madhiya.txt’); Append(f);
For m:=1 to 4 do begin
Write(‘Naqoratning ‘, m, ‘satrini kiriting: ‘); ReadLn(naqorat);
WriteLn(f, naqorat); end;
Close(f);
End.
Reset(f) operatori diskdagi fayllarni o‘qish uchun ochadi. U Assignoperatori yordamida tashqi xotiradagi biror faylga bog‘langan bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan fayl tashqi xotirada bo‘lmasa, xatolik yuz beradi.
O‘qish uchun ochilgan fayldan ma’lumotlar quyidagi operatorlar yordamida o‘qiladi: