Mavzu: Wordda matn matn yozish qoidalari Maqsad: O`quvchilarga Wordda matn ko`rinishi, matn yozish qoidalari haqida tushuncha berish.
Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:
operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi;
axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi;
grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;
Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
axborot tashuvchi vositalardan foydalana oladi;
DTS: Wordda matn ko`rinishlari, matn yozish qoidalari va hujjatda harakatlanishni bilish.
Jihoz: 6-sinf darsligi, dars taqdimoti, Word matn protsessori.
Darsning borishi I. Tashkiliy davr Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
II. Takrorlash matn protsessorining matn muharrirlaridan afzalligi nimada?
“shtift”, “so`z”, “satr”, “hoshiya”, ”bo`sh satr”, ”abzas” haqida aytib bering.
Wordni ishga tushirish ketma-ketligini ayting va amalda ko`rsating.
Wordda ishni tugallash ketma-ketligini ayting va amalda ko`rsating.
III. Yangi mavzuni o`rganish. Matn protsessorlarida matn yozish uchun faqat klavishlarni bosishning o`zi yetarli emas. Wordda matn avvaldan puxta o'ylangan reja yoki tartib asosida yoziladi. Masalan, siz avvalgi darsda yozgan „Tarjimayi hol" nomli hujjat ham ma'lum bir savollarga javob berish orqali tayyorlandi. Biror hujjat tayyorlashni rejalashtirishda hujjatni ko'rinishlarini, matn yozish qoidalarini, hujjatda harakatlanishni, tahrirlash imkoniyatlarini bilish muhimdir.
Hujjatning ko'rinishlari Word dasturi hujjatni tayyorlash maqsadidan kelib chiqib uning quyidagi ko'rinishlari holatlarini tavsiya etadi.
Oddiy (обычный) holat matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun mo'ljallangan. Bu holatda sahifa hoshiyalari, rasmlar ko'rinmaydi. Bu holatdan matnning mazmuni ko'proq ahamiyatli bo'lganda foydalaniladi.
Web-hujjat (“веб документ”) holati matnni Internet dasturlarida (masalan, Windows tarkibidagi Internet Explorerda) ko'rsatish uchun tayyorlanganda foydalanish qulay. Bu ko'rinishda fon, rasmlar va matn Internet sahifasidagi ko'rinishda aks etadi.
Sahifa belgilari (“Разметка страницы”) holati. Bu holatda matn hoshiyalari, rasmlar va boshqa qismlari chop etishga mo'ljallangan sahifadagi kabi ko'rinishda aks etadi. Odatda, bu ko'rinishda vertikal va gorizontal chizg'ichlar aks etib turadi.
Struktura (“Структура”) holati matn tarkibini ko'rib turish, uning qismlarini nusxalash, ko'chirib o'tkazish yo'li bilan matnni qayta tashkil qilishda ishlatiladi.
O'qish (“режим чтения”) holati hujjatni ekranda o'qish uchun juda qulay. Bu holatda uskunalarning ba'zi panellari aks etmasligi mumkin.
To'liq ekran (“Во весь экран”) holati hujjatni ekranda ko'zni charchatmasdan ko'rib chiqish uchun qulay. Bu holatda hujjat sahifasining o'lchamlari ekran o`lchamlariga mos o'zgaradi va ekranda faqat sahifa aks etadi.
Odatda, Word ishga tushirilganda ekranda “Sahifa belgilari” holati aks etadi.
Matn yozish qoidalari Wordda matn yozganda quyidagilarni bilish maqsadga muvofiqdir:
Barcha matn muharrirlarida bo'lgani kabi Wordda ham matnning bir satrga sig'magan qismi yangi satrga avtomatik ko'chadi.
Yangi abzasga o'tish uchun Enter klavishini bosish zarur.
Har qanday tinish belgisidan keyin probel (bo'sh joy) klavishi bosilishi kerak, tinish belgisidan oldin probel bosilmaydi.
„Qat'iy probel"ni joylashtirish uchun [Ctrl] [Shift] [probe] klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy probel satr oxirida yozilgan probel qatnashgan jumla (masalan, N. Solixova) ajralib qolmasligi uchun, ya'ni bir satrda joylashishi shart bo`lganda ishlatiladi.
„Defis" (tire “-“) belgisi probellarsiz yoziladi, masalan: qovun-tarvuz.
„Uzun tire" (—) ikki tomondan probellar bilan ajratiladi. Uni yozish uchun [Ctrl], [Alt] va yordamchi klavishlar majmuidan “uzun tire” klavishlari birgalikda bosiladi.
„Qat'iy tire"ni yozish uchun [Ctrl], [Shift] va [-] klavishlari birgalikda bosiladi. Qat'iy tire satr oxirida yozilgan defis qatnashgan so`z (masalan, 5-sinf) ajralib qolmasligi uchun, ya'ni bir satrda joylashishi sharl bo`lganda ishlatiladi.
Qavs, tirnoq yoki qo'shtirnoq ichiga olingan so'zlar ulardan probellar bilan ajratilmaydi, masalan: „Windows XP”.
Rim raqamlarini yozish uchun I, V, X, L, С, М kabi bosh harllardan foydalaniladi.
Hujjatda harakatlanish Hujjatda yurgich klavishlar yordamida quyidagicha harakatlantiriladi:
bir satrdan ikkinchisiga yoki bir belgidan ikkinchisiga yo'nalish klavishlari yordamida;
bir so'zdan ikkinchisiga [Ctr] klavishini bosib turgan holda [] yoki [] klavishlarini bosish yordamida;
bir abzasdan ikkinchisiga [Ctrl] klavishini bosib turgan holda [] yoki []klavishlarini bosish yordamida;
bir sahifadan ikkinchisiga [PageUp] va [PageDn] klavishlari yordamida;
satr boshiga [Home] satr oxiriga [End] klavishlari yordamida;
matn boshiga [Ctrl [ + [ Home], matn ohiriga [Ctrl] + [End] klavishlari yordamida.
Wordda hujjatni „varaqlash", ya'ni oldingi yoki keyingi satrlarni, hamda sahifalarni ko'rishning quyidagi imkoniyatlari bor:
Sichqoncha ko'rsatkichini belgisiga yo'naltirib chap tugmasini bosgan holda yuqoriga yoki pastga suriladi.
Chapdagi amallarni bajarish uchun sichqoncha ko'rsatkichini rasmda ko'rsatilgan joyiga yo'naltirib chap tugmasini bir marta bosish yetarli. Bu amallarni bajarganda yurgich joyi o'zgarmaydi.